Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

150
 
mumkin bo'lgan so'zlargina ahamiyatga ega bo'larmish. Bundan kelib chiqadiki
mavhum «kapitalizm», «fashizm», «agressiya», «ekspluatatsiya» kabi ko'pgina 
so'zlar hech qanday mazmunga ega bo'lmaydi. Odamlar umumiy tushunchalar real 
mavjudligini o'ylab, o'zida doimiy tashvish, ziddiyat va nizolar manbaini 
yaratadilar. Urushlar, siyosiy kurashlar, turli to'qnashuvlarning sababi so'zlarni 
noto'g'ri qo'llash oqibati emish. 
Pragmatizm — yunoncha «pragma» so'zidan olingan bo'lib, amaliyot degan 
ma'noni bildiradi. Pragmatizm har xil idealistik va diniy oqimlarning qo'shilishidan 
tarkib topgan XX asr falsafasidir. Uning asoschisi Charlz Pirs (1839-1914 yy.), 
Pragmatizmning yirik namoyondalaridan Uilyam Djems (1842-1920 yy.), Djon 
Dyui, Uinn va boshqalar. 
Mazkur falsafiy oqim ayniqsa AQShda keng tarqalgan, chunki u o'zining 
chiqib kelishi, qarashlari va maqsadlari bilan mazkur mamlakatda keng tarqalgan 
tadbirkorlarning, ya'ni o'rta sinfning maqsadlarini ifodalaydi. 
Pragmatizm paydo bo'lishidanoq eski falsafiy qarashlardan voz kechib inson 
harakati, faoliyati tahliliga asoslangan falsafiy tushunchalarni ilgari suradi. Inson 
faoliyati uning hayoti tarzini, yashash shaklini tashkil etar ekan, ana shu faoliyatni 
yaxshilashning yo'llari,tezlashtirish vositalari bormi, degan savolga javob 
qidiradilar. 
An'anaviy falsafaning bilish nazariyasini tanqid qilib, inson faoliyatida bilish 
emas, ishonch va uning mustaqilligi alohida o'rin tutadi degan g'oyani ilgari suradi. 
Inson bilmaslikdan bilishga emas, shubhadan, ikkilanishdan ishonchga qarab 
borishi kerak. 
Pragmatizm ta'limotida haqiqat muammosi asosiy o'rin egallaydi. Haqiqat, 
kishilar manfaatiga xizmat qiladigan, ularni muayyan maqsadlarga yetaklovchi, 
undovchi tushunchadir. Boshqacha aytganda, haqiqat muvaffaqiyatga erishish
kishilar maqsadining amalga oshishidir. Haqiqatning mezonini, Dyui fikricha, 
kishilarga uning nafi, foydasi qay darajada tegishliligi tashkil etadi. 
Yerning hosildorligini dehqon kuzda ekinlarni yig'ishtirib olgan daromadga 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling