137
shaklining butun xilma-xilligini bir sub'ektiv idealistik ibtidodan keltirib
chiqarishga uringan. Bu ibtido shundan iboratki, faylasuf qandaydir mutlaq
sub'ektiv «Men»ni nazarda tutib, unga benihoya aktiv faoliyat beradi, shundan
keyin u olamni yaratadi. Boshlang'ich «Men» bu o'ziga xos «Men» emas, balki
ongning axloqiy faoliyatidir. Ana shu mistik boshlang'ich «Men» alohida «Men»ni
keltirib chiqaradi. Uni Fixte mutlaq emas, balki cheklangan inson sub'ekti yoki
empirik «Men» deb tushunadi va bunga tabiat, ya'ni empirik tabiat qarama-qarshi
turadi. Fixtening fikricha, absolyut sub'ekt «Men» va tabiat, ong va narsalar bir-biri
bilan uzviy bog'langan, ularning hech birini ayrim ravishda bilib bo'lmaydi. Fixte
ta'limotidagi dialektik fikrlar uning ijobiy tomonini hosil qiladi.
Fridrix Vilgelm Iozef Shelling (1775-1854 yy.) Fixtening sub'ektiv
«Men»ga asoslangan falsafaga o'zining ob'ektivlik birlamchi degan fikrini qarama-
qarshi qo'yadi. Shelling ob'ektiv idealizmning yangi shakli — ayniyat falsafasini
yaratadi. Ob'ekt bilan sub'ektning ayniyat g'oyasi Shelling ta'limotining asosiy
muammosini tashkil qiladi. Olamdagi barcha narsa va hodisalar uningcha, mutlaq
ruhning ifodasidir. Materiya uningcha, ongdan tashqari mavjud bo'lgan reallik
emas, balki mutlaq ruhning alohidagi holatidir. Shuning uchun materiya va ruhni
bir-biriga qarama-qarshi qo'yish mumkin emas. Bilish Shelling fikricha,
«Men»ning o'z-o'zini anglash deganidir. Demak, bilishning ob'ektini ong tashkil
etadi va uning yordamida «Men» o'zligini anglaydi. Ruh, jon va ularning
tasavvurlari o'zinint faoliyatini, o'zligini bilishga qaratilgandir.
Shelling falsafasida dialektika g'oyalari ham mavjud. Mutlaq ruh, «Men»
uning fikricha, ob'ektivlik va sub'ektivlik kabi qarama-qarshiliklarning birligidan
iborat. Ularning kurashi tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar harakatining
manbaidir. Uningcha, sub'ektivlik va ob'ektivlik birligidan iborat bo'lgan ruh
(tezis), taraqqiyot jarayonida tabiatning shakllanishiga olib keladi (antitezis) va
nihoyat tabiatdan yana ob'ektivlik va sub'ektivlikning birligi bo'lgan yuqori
darajadagi ruhning taraqqiyotiga olib keladi (sintez).
Metafiziklarning fikriga qarshi chiqib, u tabiat doimo harakatda, uning
Do'stlaringiz bilan baham: |