Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

133
 
deb hisoblar edi Golbax. Sezgi, uning fikricha, miyada sodir bo'ladigan farq 
qiluvchi o'zgarishlardir, ong esa bu o'zgarishlarni idrok qilishdir. 
Gelvetsiy o'zining “Aql haqida” asarida aql bizning sezgilarimizning 
yig'indisi deb ta'kidlaydi. 
Fransuz materialistlari haqiqat va uning mezoni masalasi bilan ham alohida 
shug'ullanganlar. Haqiqat, ularning ta'limotiga ko'ra, fikrlar, g'oyalarning 
predmetlari va ular orasidagi bog'lanishlarga doimiy mos kelishidan iborat. Ular 
haqiqatning mutlaq va nisbiy tomonlarini hisobga olmadilar. 
Inson fikri va g'oyalarining manbai tashqi dunyo ekanligi nuqtai nazaridan 
turib, fransuz faylasuflari Dekartning “tug'ma g'oyalar” nazariyasini har 
tomonlama tanqid qildilar. Ular kishilarda hech qanday «tug'ma g'oyalarning» 
bo'lishi mumkin emas, chunki har qanday fikr va g'oya tashqi dunyoning inson 
miyasiga ta'siridan keyingina hosil bo'ladi, deb hisoblar edilar. 
Fransuz mutafakkirlari izchil determinist edilar, ularcha, olamda birorta 
sababsiz voqea, hodisa mavjud emas. Ular ob'ektiv olamda faqat zaruriyat mavjud 
deb tasodifni butunlay rad etdilar. P.Golbaxning fikricha, tabiatda hech narsa 
tasodifiy yuz bermaydi, undagi hamma hodisa ma'lum bir qonunga amal qiladi, bu 
qonun ma'lum oqibatining sababiy va zaruriy bog'lanishidan iborat. Tabiatdagi 
butun voqea, hodisalar oldindan belgilangan, boshqacha tarzda bo'lishi mumkin 
emas, inson zaruriyatning qulidir, u hayotda bir daqiqa ham erkin emas. Ularning 
bu fikrlari taqdirga tan berishga olib keladi. 
Fransuz materialistlari o'zlarining ko'pgina asarlarida dinga qarshi chiqib
uning mohiyati, jamiyatda tutgan o'rni haqida bir qancha fikrlarni bayon etadilar. 
Ularning fikricha, din odamlarga tabiat, jamiyat haqida to'g'ri tasavvur hosil 
qilishga, ijtimoiy adolatsizliklarning haqiqiy mohiyati, sababini anglashga, uni 
bartaraf etish yo'llarini bilib olishga yo'l qo'ymaydi. Shu bilan birga, din 
mehnatkashlarni qullikka va och-yalang'ochlikka mahkum etadigan podsho 
hokimiyatini qo’llab-quvvatlaydi. Ular din peshvolarini tanqid qilib, kishilarning 
qo'l-oyog'ini kishanlab qo'ygan din zanjirlarini parchalab, insoniy, ijodiy 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling