134
qobiliyatga keng yo'l ochish lozim, deb hisoblaydilar. Golbax ta'kidlaganidek,
«kishilar manfaati xuddi shu diniy fikrlarning yo'q qilinishini talab etmoqda va
sog'lom falsafa o'zini shu diniy chalg'itishlarning yo'q etilishiga butunlay
bag'ishlashi lozim».
Fransuz olimlarining fikricha, kishi ijtimoiy muhitning mahsuli, ijtimoiy
muhit qanday bo'lsa, kishi ham shunday bo'ladi. Demak, jamiyat hayotini
yaxshilash uchun mavjud muhitni, sharoitlarni o'zgartirish kerak. Bu vazifani
ularcha, faqat ma'rifatning rivoji orqaligina amalga oshirish mumkin. Ularning
fikricha, har bir inson erkin tug'iladi, shuning uchun hamma baxtga, ozodlikka,
adolatga bab-baravar haqlidir. Bu ularning tabiiy, tug'ma huquqidir. Shuning uchun
bo'lajak jamiyatning asosiy vazifasi - hamma kishilarni adolatli ravishda baxt
huquqi bilan ta'minlashdir. Ammo ular ijtimoiy muhit ma'nosida mavjud siyosiy
tuzumni, uning qonunlarini, ustqurmasinigina tushunar edilar. Natijada fikr
jamiyatni boshqaradi, kishilarning fikri, ongi qanday bo'lsa, jamiyat ham, ijtimoiy
muhit va uning tuzilishi ham shunday bo'ladi degan idealistik xulosa kelib chiqadi.
3.4. XVIII—XIX asr Nemis klassik falsafasi.
Falsafa fanining rivojlanishida nemis faylasuflarining ham hissasi katta.
XVIII-XIX asrlarda Germaniyada falsafiy fikrlarning shakllanishida, bir
tomondan, 1789-1794 yillardagi fransuz inqilobi va uning kishilik jamiyatining
doimo o'zgarib turishi haqidagi xulosasi katta ahamiyatga ega bo'lgan bo'lsa,
ikkinchi tomondan o'sha davr Germaniya ijtimoiy hayotiga ham o'z ta'sirini
ko'rsatdi. Germaniya bu davrda nisbatan qoloq mamlakat bo'lib, nemis burjuaziyasi
inqilobdan qo'rqar, shu bilan birga kapitalizmning rivojlanishidan manfaatdor edi.
Nemis burjuaziyasining bu ikki yoqlamaligi o'sha davr falsafasida ham o'z
ifodasini topdi.
Nemis klassik falsafasining asoschisi Immanuil Kant (1724-1804 yy.)dir.
Kant falsafasining xususiyati shundaki, u materializmni idealizm bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |