Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

132
 
e'tirof qildi. 
XVII asr materializmi o'rtaga qo'ygan barcha falsafiy fikrlar XVIII asr 
fransuz mutafakkirlari tomonidan yanada rivojlantirildi. Lametri (1709-1751 yy.), 
Gelvetsiy (1715-1771yy.), Didro (1713-1784 yy.), Golbax (1723-1784 yy.) va 
Robine (1735-1820 yy.) hamma ijodiy jismlar o'zgarmaydigan va bo'linmaydigan 
atomlardan (Golbax) yoki molekulalardan (Didro) tashkil topgan, deb 
hisoblaydilar. Ularning ayrimlari, masalan, Golbax materiyani ob'ektiv reallik 
sifatida falsafiy izohlashga harakat qiladi. 
Golbaxning fikricha, “materiya bizning hislarimizga biror tarzda ta'sir 
ko'rsatadigan narsalarning hammasidir”. Materiya o'zgarmas va bo'linmas 
atomlardan iborat bo'lib, bu atomlarning asosiy xossalari ko'lamlilik, og'irlik, 
shakl, o'tkazmaslikdir. 
Fransuz mutafakkirlari materiya haqidagi falsafiy ta'limotni rivojlantirishga 
qo'shgan hissalari shu bo'ladiki, ular materiyani harakatsiz, harakatni esa 
materiyasiz mavjud bo'lishi mumkin emas, deb hisoblaydilar. Ularning ta'limotiga 
ko'ra, harakat materiyaning mavjudlik usulidir, materiya harakati abadiy va mutlaq. 
Fransuz olimlarining materiyaning ichki faolligi haqidagi ta'limoti XVII asr 
materialistlarining materiya va harakat haqidagi qarashlariga nisbatan olg'a 
qo'yilgan yirik qadam edi. Ammo ular harakat shakllarining turli-tuman ekanligini 
va sifat jihatdan bir-biridan farq qilishini tushuna olmadilar. Ular harakatni 
jismlarning fazoda oddiy o'rin almashishi ko'rinishida tasavvur qilib, harakatning 
sababini tashqi ta'sirlardan qidirgan edilar. Shu sababli ular harakatning faqat bitta 
shakli — mexanik harakatni tan olar edilar. 
Shu bilan birga, fransuz olimlari ba'zi evolyutsion g'oyalarni ham olg'a 
surganlar, ular organik dunyo noorganik dunyodan, yuqori organizmlar quyi 
organizmlardan kelib chiqqan degan fikrlarni aytganlar. 
Dunyoni bilish masalasida fransuz faylasuflari sensualist edilar. Ular barcha 
bilimlarning manbaini moddiy predmetlarning sezgi a'zolariga ta'siri natijasida 
hosil bo'ladigan sezgilardan iborat deb bildilar. Sezgisiz bilish jarayoni bo'lmaydi, 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling