128
sistemasining tabiiy rivojlanishi g'oyasini olg'a surgan.
Uningcha, koinot eng avvalo materiyaning olovsimon, havosimon va
tuproqsimon elementlarining qo'shilmasidan paydo bo'lgan. Sekin asta birinchi
elementdan Quyosh, ikkinchisidan Havo va uchinchisidan — Yer va Quyosh
sistemasining boshqa elementlari vujudga kelgan.
Gollandiyalik Benedikt Spinoza (1631-1677 yy.) o'z falsafasining mazmuni
va qonun-qoidalarini geometrik aksioma va teoremalar shaklida bayon qilgan.
Uning dunyoqarashida substantsiya haqidagi ta'limot asosiy o'rin egallaydi.
Substantsiya, tabiat bitta bo'lib, u o'zining ajralmas xususiyatlari orqali namoyon
bo'ladi. Substantsiya, moduslar (o'tkinchi narsalar)ga ega bo'lib, moduslar
tabiatning, substantsiyaning holatini tavsiflaydigan, paydo bo'lib va yo'q bo'lib
ketadigan narsalarning xossa va xususiyatlaridan iborat.
Spinozaning fikricha, tabiat o'z-o'zining sababchisidir (sausasui) boshqa
kuchga muhtoj emas. Olam abadiy bo'lib, hech narsaga bo'ysunmaydi. Dekartning
«tug'ma g'oyalari»ni tanqid qilib, Spinoza substantsiya, tabiat bittadir, ikki
substantsiyaning bo'lishi mumkin emas deydi. U substantsiyani tabiat yoki Xudo
deb atadi.
Spinoza falsafasi metafizik usulga asoslangan edi. Uningcha, substantsiya
harakat qilmaydi va rivojlanmaydi.
Spinoza materiya va ongning munosabatini tahlil qilar ekan, tafakkur butun
materiyaning xususiyati, u materiyadan tashqarida unga bog'liq bo'lmagan holda
yashashi mumkin emas deydi. Inson olamni faqatgina tafakkur orqali, aql orqali
bilishi mumkin, deb hisoblaydi. Spinoza Dekart singari bilishda sezgilarning
o'rniga yetarli baho bera olmaydi. Uningcha “Haqiqiy bilish”, o'rganish tafakkur
orqali, aql orqali vujudga keladi.
Spinoza barcha hodisalar tabiiy sabablarga ega, deb hisoblab, erkinlik —
bilib olingan zaruriyat ekanligini birinchi bor aytgan edi. Uning fikricha, olamda
tasodifiy narsalar yo'q, barcha narsa va hodisalar zaruriyatdan kelib chiqadi va
rivojlanadi, boshqasiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |