Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

125
 
talab etar edi. Bu paytda tabiat hodisalarini o'rganishning asosiy usuli dalillar 
to'plash ularni har tomonlama tahlil etish, tajriba o'tkazishdan iborat edi. Qadimgi 
davrdan boshlab yig'ilgan tabiat to'g'risidagi bilimlar umumiy mazmunga ega 
bo'lib, u yangi davrning tajribasi va fan talabiga javob bera olmaydi. Shuning 
uchun yangi davr tabiatshunoslari tabiatdagi hodisalar, dalillarni yig'ish va 
o'rganish, chuqurroq bilish maqsadida ularni bir-biridan ajratib o'rganadilar. Bu xil 
tekshirish usuli tabiatshunoslik taraqqiyotida ijobiy xizmat qilgan bo'lsada, lekin u 
olimlar diqqatini dunyoning umumiy ko'rinishidan, uning bir butunligidan, narsa 
va hodisalar o'rtasidagi ichki aloqa va bog'lanishlar borlig'idan, ularning bir-biriga 
o'tib turishidan chetga tortdi, olam qotib qolgan, bir-biriga bog'liq bo'lmagan 
tasodifiy hodisalar yig'indisidan iborat bo'lib ko'rindi. Shunday qilib metafizik usul 
vujudga keldi. Tabiat hodisalarini metafizik holatda tekshirish falsafaning 
metafizik shaklini vujudga keltirdi. 
Yangi davr falsafasining yana bir xususiyati shundan iboratki, u asosan 
mexanika va matematika fanlari yutuqlaridan kelib chiqib ularni falsafiy jihatdan 
umumlashtirib mexanistik xarakteriga ega bo'ladi. Shuning uchun ham bu 
davrning' olimlari mexanika qonuniyatlarini, jumladan I.Nyutonning mexanik 
sababiyat nazariyasini tabiatdagi barcha sirlarni ochib beruvchi kalit deb 
hisobladilar. 
Metafizik mexanistik materializmning yirik vakillaridan biri ingliz olimi 
Frensis Bekon (1561-1626 yy.)dir. Bekon ingliz materializmining asoschisi bo'lib 
falsafa tarixiga kirgan. U o'rta asr sxolastik falsafasiga va din ta'limotiga qarshi 
faol kurash olib bordi. Haqiqiy falsafa, Bekon fikricha, amaliyot bilan mustahkam 
aloqada bo'lish, kishilar mehnati bilan chambarchas bog'liq bo'lishi lozim. 
Bekon o'zining «Yangi organon»izik materialist bo'lgan Bekon bilish 
jarayonida hissiy bilish bilan aqliy bilishning o'rtasidagi aloqadorlik dialektikasini 
to'g'ri ochib bera olmadi. 
Bekonning fikricha, moddiy dunyoning asosini materiya tashkil qiladi. 
Uning ta'biricha, materiya xilma-xil sifatga ega bo'lib, uning miqdori o'zgarmasdir, 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling