127
etadi va o'z huquqlarini himoya qilish uchun unga o'tkazib beradi. Gobbs mutlaq
monarxiyani davlatning eng yaxshi shakli deb hisoblaydi.
XVII asrning eng yirik mutafakkirlaridan yana biri fransiyalik Rene Dekart
(1596-1650 yy.) edi. Dekart ikki xil substantsiya: materiya va ruh o'zaro yonma-
yon ravishda mavjud bo'lib, ular xudoga bo'ysunadilar, deb tushuntirgan holda
dualistik nuqtai nazarda turdi. U cheksiz va abadiy bo'lgan tabiat inson tafakkuriga
bog'liq bo'lmagan holda rivojlanadi va mavjud, deb hisoblaydi.
Dekart o'zining “Usul haqida mulohazalar” nomli asarida matematika,
mexanika va geometriyaga asoslanib bilishning deduktiv usulini ishlab chiqishga
harakat qildi. U ratsionalizm usulining asoschisi hisoblanadi. Uningcha, bizning
sezgi a'zolarimiz hamma narsaga shubha qilishi mumkin, biroq mening fikr
qilayotganimga shubha qilish mumkin emas, deb hisoblab, “Men fikr qilayapman,
demak men mavjudman”, deb xulosa chiqaradi. Dekart tomonidan yaratilgan
deduktiv usulning talablari quyidagilardan iborat:
1.Bilish aniq, shubhaga o'rin qoldirmaydigan darajada bo'lishi kerak.
2.Tekshiriladigan muammolarni imkoni boricha mayda qismlarga bo'lib
o'rganish lozim. 3. Fikr yuritganda eng oldin oddiy narsadan boshlab so'ng
murakkabiga o'tishi kerak. 4.Bilish jarayonida tadqiqotlarning sharhini to'la olib
borish kerak, hech narsani qoldirish mumkin emas.
Dekartning bu fikrlari fanni sxolastikadan tozalash davrida ijobiy rol
o'ynadi.
Dekart fikricha, tashqi olamdan ajralgan tug'ma g'oyalar bor (xudo, ruhiy va
jismiy g'oyalar). Ular orqali umumiy qoidalar, qarashlar kashf etiladi, deb o'ylar
edi. Uning bu qarashlari Gobbs, Lokk va Spinoza kabi mutafakkirlar tomonidan
qattiq tanqid ostiga olindi.
Dekartning falsafiy qarashlari uning materialistik kosmologiyasi va
fizikasi bilan bog'liqdir. Matematikada u analitik geometriyani yaratuvchilardan
biridir. Mexanikada u harakat va osoyishtalikning nisbiyligini ko'rsatadi va boshqa
kashfiyotlar qildi. Kosmologiyada u fan uchun yangilik bo'lgan Quyosh
Do'stlaringiz bilan baham: |