124
buyuk olimlaridan biridir. U olamdagi barcha narsa va hodisalar moddiy asosga
ega, olam benihoya, materiya abadiy, tabiat yagona bo'lib, mexanika qonunlariga
bo'ysunadi, deb tushungan.
Galiley qadimgi yunon mutafakkiri Demokritni ustoz deb tan olib, olamdagi
narsa va hodisalarning moddiy asosini atom tashkil qiladi degan g'oyani qo'llab-
quvvatlagan.
Galiley inson tabiat qonuniyatlarini bilishga qodir, kuzatish, tajriba, tabiatni
bilishning boshlang'ich nuqtasidir, hodisalarning ichki mohiyatini bilish esa
bilishning oliy bosqichidir, bilish jarayoni — hissiy va aqliy bilishdan iborat, deb
hisoblaydi.
Ilmiy tajribaga asoslangan matematik usulning asoschilaridan biri
bo'lgan Galiley mexanika va astronomiya sohalarida muhim dunyoqarash
ahamiyatiga ega bo'lgan bir necha ilmiy kashfiyotlar qilgan. Uning kashfiyotlari
geliotsentrizm nazariyasining to'g'riligini, olamning cheksizligi g'oyasini, yer va
inson jismlarining moddiy jihatdan bir-biriga o'xshashligini, tabiatning mavjud
qonunlari va ularni bilish mumkinligini isbotlab bergan. Galiley 1632 yili «Olam
tuzilishining ikki asosi — Ptolomey va Kopernik sistemasi haqida dialog» nomli
asarini nashr qildi. Uning asari nashrdan chiqqandan keyin Galiley cherkov sudiga
berilgan.
3.3. XVII—XVIII asr Yevropa falsafasi.
XVII va XVIII asr G'arbiy Yevropa taraqqiyotida yangi davr hisoblanadi. Bu
asrlarda Angliya, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida kapitalistik
munosabatlar tez sur'atlar bilan rivojlana boshlaydi. Kapitalistik ishlab chiqarish
usuli yangi ishlab chiqaruvchi kuehtiyojiga muvofiq tabiatni ilmiy bilish jarayonini
tezlashtiradi.
Dengizda
savdo
munosabatlarining
rivoji,
kemasozlikning
taraqqiyoti, yangi shaharlar qurilishi, astronomiya, matematika va mexanikaga
bo'lgan ehtiyojni kuchaytiradi.
Mazkur fanlarning taraqqiyoti tabiat hodisalariga analitik qarash kerakligini
Do'stlaringiz bilan baham: |