Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

121
 
 
3.2. O'rta asr Yevropa madaniyati va falsafasi. 
 
Quldorlik ishlab chiqarish usulidan feodalizmga o'tish bilan jamiyatning 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va ma'naviy hayoti to'liq feodallarning 
qo'liga o'tdi. Shu davrda, qadimgi sivilizatsiya, qadimgi falsafa, siyosat va 
huquqshunoslik yer bilan yakson qilindi. Ma'naviy bilim ixtiyori poplar 
(ruhoniylar) qo'liga o'tdi. Diniy rasm-rusumlar va qoidalar har qanday tafakkurning 
boshlang'ich nuqtasi va asosi bo'lib qoldi. 
Xristian dogmalarining asoslarini ifodalovchi — «patristika», uning yirik 
vakillari Ter Tulian (150-222 yy.), Avgustin (354-430 yy.) va xristian falsafasi 
shakllanib, G'arb maktablarining majburiy darsligiga aylangan sxolastika 
(yunoncha shola — maktab) bir necha yillar davomida hukmron mafkura bo'lib 
qolgan edi. Falsafa to'la ravishda dinga bo'ysundirib qo'yilgan edi. Tabiatni 
o'rganish, hur fikrlash gunoh hisoblanib, inkvizitsiya (cherkov sudi) buyrug'i bilan 
jazoga tortiladi, quvg'in qilinadi. 
Ammo fan taraqqiyoti dinning har qancha to'sqinlik qilishiga qaramay
feodalizm davrida madaniy-ma'naviy o'sish to'xtamadi. 
Feodalizm sxolastik falsafasida, X-XIV asrlar davomida ikki asosiy oqim — 
nominalizm va realizm o'rtasida keskin kurash davom etdi. Bu ikki oqim 
o'rtasidagi kurashning asosiy mavzusi umumiy tushunchalar mohiyati masalasi edi. 
Nominalistlar Ioann Rostselin (tax. 1265-1308 yy.), Ioann Duns Skott 
(tax. 1265-1308 yy.) va Uilyam Okkam (tax. 1300-1350 yy.) alohida 
predmetlargina real mavjuddir, umumiy tushunchalar (universaliyalar) esa 
nomlarni ifodalaydi va ular ikkilamchidir, deb hisoblagan bo'lsalar, realizm 
vakillari Anselm Kenterberiyalik (1033-1109 yy.) va boshqalar umumiy 
tushunchalar ob'ektiv mavjud bo'lib, aniq narsalar ularning ifodalanish shakllaridir, 
deb hisoblaganlar. Tabiatdagi narsa va hodisalarning ob'ektiv mavjudligi haqidagi 
nominalistlar ta'limoti cherkov obro'yining pasayishiga, dunyoning xudo 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling