117
jarayoni in'ikos jarayoni ekanligi haqida fikrni asoslaydi. Uningcha, kishilarning
besh turli sezgilari va tushunchalar narsalarning obrazidir.
Demokrit qadimgi Yunonistonning qomusiy olimi edi. U fanning turli
sohalari: falsafa, fizika, matematika, biologiya, tibbiyot, pedagogika, ruhshunoslik,
filologiya, etika, san'at, siyosat, mantiq, ijtimoiy hayot masalalariga doir fikrlarni
bayon etgan edi. Demokritning merosida insonni har tomonlama kamol toptirish,
unda insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg'ulari, odob-axloq e'tiqod, vijdon va
boshqa olijanob insoniy fazilatlarni shakllantirishga oid qimmatbaho fikrlar
mavjuddir. Ular hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.
Qadimgi yunon faylasuflarining bir qismi diniy ta'limotga zid bo'lgan
fikrlarni ilgari surgan bo'lsalar, ikkinchisi esa uni qo'llab-quvvatlagan.
Quldorchilik jamiyati davri vakili Aflotun (mil.avv.427-347 yy.) edi. U o'z asarida
yunon faylasuflarining, ayniqsa Geraklit va Demokrit fikrlarini qattiq tanqid qiladi.
Aflotun olamda «g'oyalar dunyosi» birlamchi bo'lib, moddiy dunyo esa ikkilamchi,
«g'oya dunyosi»ning mahsuli, soyasidir, deb hisoblaydi. Uningcha, «g'oyalar
dunyosi» fazo va vaqtga bog'liq bo'lmaydi, u abadiy, harakatsiz va o'zgarmasdir, u
«haqiqiy dunyo»dir.
Aflotunning bilish nazariyasiga ko'ra, bilish ob'ekti «g'oyalar dunyosi»dir,
moddiy dunyo va undagi narsa va hodisalar hissiy bilishning manbaidir. Hissiy
bilish haqiqat emas, chunki u orqali kishilar g'oyani emas, balki moddiy
buyumlarni sezadilar, ular to'g'risidagi tasavvurga ega bo'ladilar. Moddiy
buyumlarning asosi va mohiyati bo'lgan «g'oyalar dunyosi»ni faqat sof tafakkur
yordamida bilish mumkin.
Aflotun Yunonistondagi quldorlar aristokratiyasi davlatini eng adolatli va
ideal deb hisobladi. U jamiyatni uch tabaqaga bo'ladi. 1. Davlat arboblari —
faylasuflar; 2. Soqchilar (harbiylar); 3. Dehqonlar va hunarmandlar. Uningcha,
davlat faylasuf - aristokratlar qo'lida bo'lishi lozim, harbiylar esa aristokratiya
davlatini mustahkamlash uchun xizmat qilishlari kerak, davlat zo'rlik va zulm
majmuidan iborat bo'lib, quldor uchun zarur sharoitni yaratishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |