113
hayvonlar va odamning kelib chiqishini bir butun, yaxlit tasavvur etishga harakat
qilgan mutafakkir edilar. Shuning uchun ham ularni fiziklar - tabiatshunoslar
(yunoncha, pxysis - tabiat) deb atalganlar.
Ular mifologik va diniy
dunyoqarashlarga qarshi kurash olib bordilar. Ma'lumki, yunon mifologiyasida
asosiy e'tibor dunyoning kelib chiqishini izohlab berishga qaratilgan bo'lib, unda
asosiy o'rinni dunyoni kim yaratgan degan savol egallab kelgan edi. Yunon
faylasuflari esa asosiy e'tiborni dunyo nimadan yaratilgan degan savolga javob
berishga qaratganlar.
Qadimgi Yunonistonda yirik savdo va madaniyat markazi bo'lib
kelgan
Milet shahrining vakillari taniqli mutafakkir
Fales (mil.avv. 640-545 yy.) hamma
narsa suvdan kelib chiqqan va suvga aylanadi, deb hisoblangan bo'lsa,
Anaksimandr fikricha, (mil.avv. 610-546 yy.) dunyo noaniq materiya -
apeyrondan tashkil topgan. Narsalar, uning fikriga ko'ra, apeyron harakati hamda
sovuqlik
va issiqlik, namlik va quruqlik kabi qarama-qarshiliklarning natijasida
paydo bo'ladi.
Anaksimenning (mil.avv. 588-525 yy.) fikricha, hamma narsa
havodan hosil bo'lgan va havoga aylanadi.
Efes
shahrining vakili Geraklit (mil.avv. 544-480 yy.) olamdagi barcha
narsa va hodisalarning asosi olovdan deb hisoblangan. “Dunyoni xudolar ham,
odamlar ham, hech kim yaratmagan, u qonuniyatli
tarzda alanglanadigan va
qonuniyatli tarzda uchraydigan abadiy barhayot olov bo'lib kelgan, hozir ham
shunday va bundan keyin ham shunday bo'ladi”, deb ta'kidlaydi Geraklit. Tabiat
olovdan hosil bo'lgan, doimo o'zgarib, rivojlanib turuvchi abadiy jarayondir.
Olamda mavjud bo'lgan barcha narsa va hodisalar olovdan paydo bo'ladi va yo'q
bo'lib, yana qayta olovga aylanadi. Geraklit fikricha, olovning yo'q bo'lishi
havoning tug'ilishidir, havoning yo'q bo'lishi, suvning tug'ilishidir, suvning yo'q
bo'lishi havoning tug'ilishidir, havoning yo'q bo'lishi - olovning tug'ilishidir va
aksincha.
Geraklit ta'limotining
ahamiyati shundaki, u o'zining dunyoning moddiyligi
haqidagi fikrini narsa va hodisalarning o'zgarishi va rivojlanishi kabi qonuniy