Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
114
jarayon, deb e'tirof etishidadir. Mazkur abadiy va eng umumiy qonuniyatni u logos deb tasvirlaydi. Geraklitning logos haqidagi fikri Xitoy falsafasidagi Dao g'oyasining yangicha tavsifi desak haqiqatga xilof bo'lmaydi. Geraklit falsafasining yana bir muhim tomoni voqelikdagi narsa va hodisalarga dialektika nuqtai nazaridan yondashuvidadir. Uning fikricha, narsa va hodisalar doimiy o'zgarishda, o'zaro aloqadorlikda, bog'liqlikda, bir-biriga o'tib turadi. Olamda o'zgarmaydigan, doimiy bo'lgan biron-bir narsani topish mumkin emas. “Oqib turgan daryoning suvi doim yangilanib turadi, shuning uchun bir daryoning suvi o'ziga ikki marotaba tushishi mumkin emas”. Narsa va hodisalarning doimiy o'zgarib, rivojlanib turishining manbai qarama-qarshiliklarning birligi va ularning o'zaro kurashidadir. Geraklitning fikricha, qarama-qarshiliklar o'zaro o'rin almashib turadi, hamma narsa mavjuddir va ayni zamonda mavjud emasdir, chunki hamma narsa oqib turadi, hamma narsa doimo o'zgarib turadi, hamma narsa doimo paydo bo'lish va yo'qolish jarayonidadir. Sovuqlik isiydi, issiqlik soviydi, namlik quriydi, quruqlik namlanadi va h.k. Shuning uchun har bir mavjud narsaga ma'lum tomondan yondashish zarur. Dengizning suvi toza ham, iflos ham, baliqlarga u toza va foydali, odamlarga esa u iflos va zararli. Geraklit ong (jon, ruh) bilan materiya (tana) bir-biri bilan chambarchas bog'langan deb hisoblab, uni olovning ko'rinishidan biri degan edi. Anglash tufayli inson dunyoni bilishga qodir. Bilish hissiy organlardan boshlanib tafakkur bilan yakunlanadi. Hissiy organlarning yordamida biz narsa va hodisalarni bir-biridan ajratib turadigan tomonlarini bilamiz, ularning mohiyati va taraqqiyot qonuniyatlarini bilishga tafakkur orqali erishamiz. Milet va Efes mutafakkirlarining mazkur fikrlari falsafaning keyingi rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Samos orolining vakili Pifagorning (mil.avv. 580-500 yy.) fikricha, butun olam raqamlarning uyg'unligidan va o'zaro munosabatlaridan iborat. U raqamlarga jon bag'ishlab, turli xossalar, adolat, aql, idrok, muvaffaqiyat va hokazolar raqamlarga tegishli deb hisoblangan. Sonlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling