112
III-BOB: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G'ARB FALSAFASI
3.1.Qadimgi Yunon-Rim falsafasi
Falsafa fanining taraqqiyotiga Sharq mutafakkirlari bilan bir qatorda G'arbiy
Yevropa olimlari ham katta hissa qo'shganlar. Sharq bilan G`arb xalqlarini
bog'lovchi «Ipak yo'li» markazida joylashgan «O'rta
Osiyo mintaqasi Hindiston,
Xitoy, Mesopotamiya, Yunon, Rim davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini
rivojlantirib kelgan. Shuning natijasida o'lkamizga
boshqa mamlakatlarning,
jumladan Yunoniston xalqlarining madaniyati ham ma'lum darajada kirib kelgan
va aksincha, O'rta Osiyoning madaniyati qadimgi yunon xalqlari madaniyatiga o'z
ta'sirini ko'rsatgan. Masalan, Aleksandr Makedonskiy,
Kliment Aleksandrskiy
Ksenofont, Strabon, Ptolomey, Gerodot esdaliklari, asarlarida O'rta
Osiyo
xalqlariga xos madaniyat, urf-odat va an'analar, afsonalar keltiriladi.
Sharq va G'arb mamlakatlari o'rtasidagi bunday o'zaro aloqadorlikni falsafa
fani sohasida ham kuzatishimiz mumkin. Ayniksa, Sharq mutafakkirlari, allomalari
tomonidan IX-XII asrlarda rivojlantirilgan boy va rang-barang madaniy, ilmiy,
falsafiy meros G’arb mamlakatlarida XV-XVII asrlarda
Yevropa renessansining
vujudga kelishiga zamin yaratib beradi.
G'arbda falsafa mustaqil fan sifatida eramizdan oldingi VI asrda
Yunonistonda ibtidoiy jamoa quldorlik jamiyati bilan almashgan davrda
shakllanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar, savdo, hunarmandchilik, san'at, fizika,
matematika, astronomiya,
geografiya, adabiyot, falsafa va boshqa fanlarning
rivojlanishiga zamin yaratadi.
Qadimgi Yunonistonning
dastlabki faylasuflari Yer, Quyosh, yulduzlar,
Do'stlaringiz bilan baham: