100
Falsafa faniga hozirgi sharoitda yangicha mezonlar asosida yondashish,
mamlakatimiz mustaqilligi, uning rivojlanish qonuniyatlari, mustaqillikning
qonuniy o’sish, rivojlanish jarayoni ekanligi, uning o’ziga xos muammolari,
qiyinchiliklari, harakatlantiruvchi kuchlari mavjudligini ko’rsatib beradigan ilmiy
tadqiqotlar olib borishga alohida e’tibor berish lozim. Insonni falsafiy-axloqiy
tahlil etish, madaniyat, ma’naviyat, qadriyatlar, ularni tiklash va rivojlantirishning
nazariy-falsafiy muammolarini falsafiy tadqiq etish, milliy istiqlol mafkurasini
yaratish va hayotga joriy etish zarurligini har bir inson ongiga yetkazish,
O’zbekiston kelajagi buyuk davlat ekanligi asosiy shart-sharoitlari va
imkoniyatlarini ko’rsatib berish, shular asosida ulug’ xalqimiz va davlatimizning
istiqboli porloq ekanligini bayon etish respublikamiz faylasuflarining olijanob
vazifalaridir.
Respublikamiz faylasuf olimlari qator vazifalarni bajarish bo’yicha
dastlabki natijalarni qo’lga kiritdilar. «Hayot falsafasi», «Istiqlol va taraqqiyot
mafkurasi», «Mustaqillikning ma’naviy zaminlari», «Mustaqillik va milliy
manfaatlar», «Mustaqillik va milliy tiklanish», «Mustaqillik ma’suliyati»,
«O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar», «Buyuk siymolar»,
«Allomalar», «Qadriyatlar falsafasi» singari va boshqa yirik monografiya va
risolalar nashr etildi.
Mamlakatimizda ilm-fan rivoji masalasi davlat darajasiga ko’tarilgan hamda
uchun barcha sharoitlar yaratilgan. “Bugungi kunda,-deb ta’kidlaydi
O’zbekiston
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev,-innivatsion g’oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz bironta
sohaning rivojlanishi mumkin emas.
Shu ma’noda, zahmatkash, fidoyu
olimlarimizni…asrab-avaylashimiz, har tomonlama qo’llab-quvvatlashimiz
lozim.”
1
Vatanimiz faylasuflari tomonidan chop etilayotgan asarlar yosh avlodni
1
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
ko’taramiz. 1-Jild. - T.: “O’zbekiston”, 2017.-85-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |