Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

98
 
Shuni ta’kidlash kerakki, mafkuraviy tazyiq va cheklab qo’yishlariga 
qaramay, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, uning qator institutlari, 
bo’limlari tashkil etildi, ko’plab universitet va institutlarda esa falsafa kafedralari 
ochildi. Ijtimoiy-falsafiy tafakkurni rivojlantirish, ilmiy qadrlarni o’stirish, 
respublikamizda ijtimoiy fanlarni yanada taraqqiy ettirishga katta e’tibor 
berilmoqda. Respublikamizda falsafa fanini rivojlantirish, yoshlarning falsafiy 
bilimlari, falsafiy tafakkurlash madaniyatlari va dunyoqarashlarini o’stirishda 
olimlarimiz tomonidan yaratilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy-uslubiy 
asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Respublika faylasuf olimlarining dialektika va bilish nazariyasi, tabiat 
fanlarining falsafiy masalalari, madaniyat, ma’naviyat va qadriyat, madaniy meros 
muammolari bo’yicha olib borilgan chuqur ilmiy tadqiqot asarlari e’tiborga 
sazovordir. 
Respublikamizda ijtimoiy falsafa va sotsiologiya, axloq, nafosat, 
tabiatshunoslikning fan tarixi va tarixshunoslikning falsafiy muammolari, 
madaniyat, milliy munosabatlar, urf-odatlar, axloqiy tarbiyaga doir va boshqa 
sohalarda ham katta ishlar amalga oshirildi. 
O’rta Osiyo, Sharq va xususan O’zbekiston xalqlarining tabiiy-ilmiy, 
ijtimoiy, falsafiy fikrlari tarixi va ma’naviyati merosi bo’yicha ham ibratli ishlar 
qilindi. 
O’zbekiston faylasuflarining uzoq yillar davomida olib borgan samarali 
mehnatlari natijasi sifatida Forobiy, ibn Sino, Muhammad G’azzoliy, Bahouddin 
Naqshband, Mahmud az-Zamaxshariy, Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos 
Xojib, Ulug’bek, Navoiy, Bedil, Najmiddin Kubro kabi mutafakkirlarning 
dunyoqarashi, ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy ta’limotlari, Ahmad Donish, 
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Behbudiy singari mashhur olim va adiblarning tabiiy-
ilmiy, falsafiy fikrlari tadqiqoti bo’yicha ajoyib qo’llanmalar, risolalar yaratildi. 
Respublikamiz faylasuflari O’rta Osiyo va Sharq xalqlarining o’tmishda 
yaratgan boy ilmiy-falsafiy, diniy-axloqiy merosini va madaniy-ma’naviy 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling