Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
94
Navoiy singari buyuk mutafakkirlar asarlari, ilmiy-falsafiy meroslarini katta qiziqish bilan o’rganadi. Yevropa ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’atiga bo’lgan qiziqish unda ayniqsa kuchli bo’lgan. Ham sharqona, ham Yevropacha puxta va har tomonlama bilim va ma’lumot olgan Abdulhamid o’n olti - o’n yetti yoshlaridanoq ilg’or fikrli ziyoli bo’lib yetishadi 1 . Abdulhamid Cho’lpon mashhur tarixchi, yetuk faylasuf, sharqshunos olim, adabiyot, san’at va madaniyat ilmining buyuk donishmandi sifatida roman va dramatik asarlar, qator risolalar, esdalik va xotiralar, adabiy va tanqidiy san’atga oid ilmiy-nazariy maqolalar, ko’plab hikoyalar, ikki yuzga yaqin she’rlar, bir qancha tarjimalarning muallifidir. Uning «Kecha va kunduz» nomli romani, «Yorqinoy» deb atalmish dramatik asari, «Adabiyot nadur?», «Mirzo Ulug’bek», «Tilimizning ishlanishi» nomli maqolalari, «Sharq nuri», «Sharq qizi», «O’zbegim», «Turkistonli qardoshlarimizga», «Odam va qush», «Xalq», «Buzilgan o’lkaga», «Qilich va qon», «Kishan», «Erkinlik istagi», «Yana o’t» nomli she’rlari ijtimoiy-falsafiy fanlarimiz taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatta egadir. Milliy uyg’onish, milliy mustaqillik, erkinlik g’oyalari, tabiiyki, Cho’lpon ijodida katta o’rin egalladi. Cho’lpon o’z asarlarida millatni ravnaq toptirish, mustamlaka asoratidan halos etish uchun xalq o’z-o’zini tanigan, o’zaro birlashgan, milliy hamjihatlikka erishgan, milliy iftixor tuyg’usiga ega bo’lgan, o’z yurtining otashin vatanparvariga aylangan bo’lmog’i lozim va zarur, degan falsafiy g’oyani dadillik bilan ilgari suradi. Uning buyukligi, o’z xalqi va Vatanining fidoyi farzandi ekanligi ham ana shundandir. Cho’lpon Turkistonning taqdiri, millatining istiqboli haqida chuqur qayg’urdi, elim deb yashadi, Vatanini Ka’ba sanab, unga toabad sajda qildi, erkinlik, hurriyat, mustaqillik yo’lida jonini fido etdi. Cho’lpon — o’z xalqi kuch-qudrati va imkoniyatiga astoydil ishongan, 1
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling