Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

97
 
hokimiyat tepasida turgan kuchlar va «birinchi darajali oliy rahbarlarning 
maqsadlari», manfaatlariga muvofiqligiga qarab baho berilgan. 
O’tgan asrning 70 yili mobaynida marksizm qoidalari, aqidalari barcha 
ijtimoiy fanlarga, jumladan, falsafaga asosiy poydevor qilib olingandi. U belgilab 
bergan «ilmiy yo’ldan» chiqishga, boshqacha o’ylash va fikrlashga na biron-bir 
olim va ziyolining, na biron-bir faylasufning haqqi yo’q edi. Rasmiy tafakkurdan, 
ta’limotdan chetga chiqish, ularga zid yo’ldan borib, erkin fikr yuritmoqchi 
bo’lgan olim va ziyolilarni partiyaviy jazolash, partiyaviylik, g’oyaviylikdan 
chekinishda, sinfiy xususiyatlarni yo’qotishda va boshqa kamchiliklarda ayblash 
odatga aylanib qolgan edi. Bunday vaziyat, albatta, ijtimoiy fanlarning, birinchi 
navbatda falsafa fanining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi va ijodiy 
fikrlashga imkoniyat bermadi. 
O’rta Osiyo mutafakkirlarining falsafiy ta’limotlari kommunistik mafkura 
tomonidan kamsitilib, g’ayri-ilmiy deb baholandi, Sharq falsafasiga yetarli 
e’tibor berilmadi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, Islom dini bilan bog’liq 
bo’lgan mukammal falsafiy asarlar va ta’limotlar o’qib-o’rganilmay yaroqsiz bir 
meros sifatida qoralandi. Shu sababli O’rta Osiyo xalqlarining falsafiy merosini 
chuqur o’rganish imkoniyatlari ham deyarli yo’qqa chiqarildi. Bahouddin 
Naqshband, imom Ismoil Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Iso Termiziy, Xoja Ahror va 
shunga o’xshash allomalar keskin tanqid qilindi. 
O’sha zamonlarda Navoiy, Bobur, Mashrabdan va qator shoiru adiblardan 
zo’r berib dahriylik, ateistik g’oyalar izlana boshlandi. Agar «topilgudek» bo’lsa, 
uni yolg’on-yashiriqlarga o’rab bo’rttirib va ko’paytirib xalqqa yetkazildi. Qaysi 
bir shoiru adibdan dahriylikni topishmasa, ularni tarkidunyochi, ezuvchi sinf 
himoyachisi, deb haqoratlandi. Eng achinarlisi shundan iborat bo’ldiki, Qur’oni 
Karim va hadisi sharif, So’fi Ollayor, Sulaymon Boqirg’oniy, Huvaydo, Yusuf 
Saryomiy, Cho’lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir singari buyuk alloma va 
adiblarning asarlari «diniy g’oyalar bilan sug’orilganligi», «millatchilik ruhida 
bo’lganligi» uchun foydalanishga ruxsat etilmadi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling