Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

96
 
Sharq taqdirini o’z taqdiri deb bilgan Abdulhamid Cho’lpon bir kunmas
bir kun Sharqning uyg’onishiga, milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi va 
alangalanishiga, mustamlakachilik zanjirlarining tilkapora qilinishiga astoydil 
ishonadi, bir umr ana shu orzu-umid bilan yashaydi. 
Ming afsus bo’lsinkim, Abdulhamid Cho’lpon orzu-armonlari ro’yobga 
chiqqan, O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan tarixiy kunlarni ko’rolmadi. 
O’zbek adabiyoti, madaniyati va san’atining ulkan arboblari — Mahmudxo’ja 
Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Elbek, Botular 
qatorida Abdulhamid Cho’lpon ham adolatsizlik qurboni bo’ldi. 
Vatanimiz, millatimiz ozodligi va mustaqilligi yo’lida qurbon bo’lgan 
xalqimiz aziz farzandlarining bebaho asarlari, nazmiy va nasriy meroslari
ijtimoiy-falsafiy g’oyalari o’zbek xalqining ma’naviyat va ma’rifatini, milliy 
qadriyatlari va ongini yuksaltirish yo’lida xizmat qilib avlodlar qalbida Vatanga 
muhabbat va sadoqat tuyg’ularini tarbiyalab kelmoqda. 
Muborak nomlari faxr-iftixor ila eslatib o’tilgan fozilu fuzalolar faqat 
o’zbeklarning emas, balki Turkiston xalqlarining ham sevimli adiblari, ozodlik 
va istiqlol kuychilari hamdir. Mustaqillik tufayli ul mo’tabar insonlarning nomlari 
tiklanib, tavallud topgan kunlari tantanali nishonlanayapti, asarlari qayta-qayta 
chop etilayapti. 
Yuqorida 
nomlari 
eslatib 
o’tilgan 
ma’rifatparvar, 
xalqparvar, 
vatanparvarlarning asarlarida bayon etilgan falsafiy fikrlar xalqimizning madaniy-
ma’naviy qadriyatlari sifatida hanuzgacha saqlanib kelmoqda. 
 
2.6.Hozirgi davr O’zbekiston falsafasi 
 
Insoniyat madaniyati tarkibiy qismi hisoblangan falsafa sho’ro davrida 
o’zining fan xususiyatini asta-sekin yo’qotib siyosiylashgan mafkuraviy g’oyalar 
yig’indisiga aylanib qolgan edi. Bu davrda falsafani fanga aniq, mavjud voqelikni 
qay darajada haqqoniy, ilmiy va xolis aks ettirganligiga qarab emas, balki 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling