Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

92
 
xalqni jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqog’idan qutqarib 
olishning birdan-bir yo’li ilm-ma’rifatli bo’lishdir, degan xulosaga keldi. Xalq 
hozirda hukm surib turgan bid’at, xurofotdan halos bo’lsa, kelajakka umid ko’zi 
bilan qarab, ilm-fan eshiklarini ochsa, yaxshilik tomon yuz tutsa, bolalarini 
Ovro’pa dorilfununlariga yuborsa, ulardan advokat va hunarmand, savdogar va 
muhandislar chiqsa — naqadar oliy va go’zal ish bo’lur edi, deb ko’nglidan 
o’tkazardi. Behbudiy fikricha, xalqdan mablag’ yig’ib o’qishga, ilmga rag’batli 
bo’lgan, ammo ota-onasining qurbi yetmaydigan Turkiston yoshlarini chet el 
dorilfununlariga yuborib o’qitib, millatning rivoji va istiqboli uchun zarur bo’lgan 
muhandis va muallimlarga, Ovro’pa bozorlarida savdo-sotiq qiladigan, xorijliklar 
tilini biladigan zamonaviy ilmiy xodimlarga ega bo’lish kerak. Allomaning 
yuqoridagi fikrlari o’z ahamiyatini hozirgi davrda to’laligicha saqlab turibdi. 
Xalq ommasini ilm-ma’rifatli qilishning millatimiz va Turkiston istiqboli 
uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi Behbudiyning 1911 yilda yozilgan 
«Padarkush» drammasida har tomonlama ko’rsatilgan. Behbudiy tomonidan 
ta’kidlanganidek, o’qimoq-o’rganmoq, bilimli - ma’rifatli bo’lmoq barcha 
musulmonlarga, erkak yo xotin bo’lsin farzdir. 
Mahmudxo’ja Behbudiy haloyiqni diniy va axloqiy jihatdai tarbiyalashda 
islomiy ilmlarning ahamiyati xususida o’zining fikr-mulohazalarini bayon etgandan 
so’ng dunyoviy ilmlarning muhim va zarurligini ham alohida uqtiradi. Behbudiy 
«Padarkush» asarida chor mustamlakachilik siyosati tufayli mahalliy aholi va 
ayniqsa, yoshlar o’rtasida ichkilikbozlik, maishiy buzuqlik, qimorbozlik, o’g’rilik, 
poraxo’rlik, tovlamachilik, bezorilik singari mutlaqo zararli rasm va odatlar 
tarqala boshlaganligini, natijada odamlar o’rtasida mehr-oqibat so’na boshlab, 
aka bilan uka, ota bilan bola bir-biriga yov-dushman bo’la boshlaganini, 
padarkushlar ko’payib borayotganligini qahr-g’azab va nafrat bilan tasvirlaydi. 
Behbudiy o’zining 1914 yili yozgan «Ikki emas, to’rt til kerak» maqolasida 
Turkiston xalqlarining turkiy, forsiy, arabiy va rusiy tillarni o’rganishga targ’ib 
etish uchun tarixiy manbalarga murojaat etib, Muhammad payg’ambarimiz ham 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling