91
ketin tiklanyapti. Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho’lpon, Abdurauf Fitrat va
Usmon Nosir kabi Vatanimiz, millatimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan o’nlab
siymolarning ma’naviy meroslari bugun xalqimiz bisotiga qaytmoqda»
1
.
Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919 yy.) asrimizning birinchi choragida
Turkistonning eng mashhur kishilaridan edi.
Behbudiy Turkistondagi jadidlar harakatining yirik namoyondasi, uning
nazariy asoschilaridan biri, taniqli yozuvchi, jurnalist va jamoat arbobidir.
Behbudiy o’z davrining buyuk donishmandidir. Ilm-fan va madaniyatning
hamma sohalari, ayniqsa, Sharq falsafasi va Yevropa adabiyotidan chuqur bilim
va ma’lumotga ega bo’lgan. «Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi
jihatidan Turkistonning o’sha vaqtlardagi jadidlaridan unga teng kela oladigan
kishi bo’lmasa kerak»
2
, — deb yozgan edi F.Xo’jaev.
Umuman olganda, Behbudiyning Turkistonda yangi usuldagi maktablarni
tashkil etishdagi va jadidchilik g’oyalarini matbuot orqali targ’ib qilishdagi
xizmatlari g’oyat
katta.
Behbudiy 1903-1904 yillarda o’zbek va tojik tillarida «Qisqacha umumiy
geografiya» asarini, yangi usuldagi maktablar uchun darslik va qo’lllanmalarni
yozdi. «Behbudiy» nomli nashriyotni tashkil etib, unda o’zbek tilida darsliklar
bosib chiqardi. Samarqandda mahalliy aholi uchun qiroatxona ochishga boshchilik
qildi.
Behbudiy 1913 yilning aprelida «Samarqand» gazetasini, o’sha yilning
avgust oyidan boshlab esa «Oyna» gazetasini chiqarishga kirishdi.
Mahalliy xalq vakillaridan birinchi bo’lib harita tuzgan, o’z uyida
kutubxona ochgan, tarixga, islom huquqiga oid asarlar, o’quv kitoblari yozgan ham
Behbudiydir. Behbudiy Turkistonni chor mustamlakachiligi zulmidan qutqarish
g’oyasini o’z asarlarida ilgari surdi. Xalqni milliy istiqlol uchun kurashga
chorladi. Millat taraqqiyoti va istiqboli, Turkistonning kelajagi haqida o’ylar ekan,
1
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.-T.:“O’zbekiston”,1993. -
85-bet.
2
Fayzulla Xo’jaev. Tanlangan asarlar.I-Jild.- T.:“Fan”,1976.-84-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |