Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
99
yodgorliklari hamda qadriyatlarini har tomonlama o’rganish va xalqimizga yetkazish borasida ham juda katta kuch sarfladilar. Ular Abu Ali ibn Sinoning besh tomlik «Tib qonunlari»ni, buyuk faylasuf olim Abu Nasr Forobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Qonuni Mas’udiy» asarlari, Narshaxiy, Bayhaqiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarini o’rganish, o’zbek tiliga tarjima qilishda faol ishtirok etdilar. Xullas, o’zbekistonlik faylasuf olimlarning tazyiqu-dashnomlarga qaramay, olib borgan chuqur ilmiy-tadqiqotlari natijasida Sharqda, xususan, O’rta Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr o’zining uzoq tarixiga ega ekanligi, donishmand bobomiz Amir Temur va temuriylar davrida o’lkamizda ilm-fan, falsafa, diniy, axloqiy qadriyatlar, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat gullab-yashnaganligi, Sharq G’arbdagi uyg’onish davri uchun ilmiy zamin yaratib berganligini inkor etib bo’lmaydigan dalillar asosida isbot qilindi. Tobelik va qaramlikka asoslangan totalitar-buyruqbozlik tuzumi tugab, O’zbekistonda davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin, falsafa fani taraqqiyoti uchun ilgari bo’lmagan yangi imkoniyat va shart-sharoitlar yuzaga keldi. Falsafa fanini siyosiy mafkuralardan holi fan sifatida o’rganish, falsafiy muammolarni haqiqiy, xolis va odilona tadqiq etish, sinfiylik va partiyaviylik illatlaridan batamom qutilib, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga asoslanib, rivojlantirish imkoniyatlari tug’ildi. Yangi tarixiy sharoitda falsafa fanining nazariy asoslarini yangilash, yangi g’oyalar bilan boyitish zaruriyati kun tartibida paydo bo’ldi. Davlatimiz rahbarlari asarlarida ijtimoiy fanlar vakillari, faylasuf olimlar oldida turgan ulkan vazifalar belgilab berildi. Boy ma’naviy merosimiz, xalqimizning tarixiy, axloqiy, falsafiy qadriyatlarini, dono fikrlarini o’rganish, asrash, ulardan ijodiy, oqilona foydalanish buyuk aql sohiblarining merosiy asarlarini sinchiklab o’rganish, nashrga tayyorlash, yosh avlodlar ongiga singdirish olimlar, birinchi navbatda, faylasuflarning vazifasidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling