Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
90
bildilar. Ana shu niyatda ulardan biri o’zining o’tkir satirik asari bilan, boshqasi chuqur ma’noli she’rlari, g’azallari, o’ta ta’sirchan publitsistik maqolalari, falsafiy asarlari bilan yurt qayg’usi, xalqning dardu-hasratini imkoni boricha bayon etdilar. Kelajak orzu-umidlari yo’lida ijod qildilar. Yuksak saviyali ilmiy-falsafiy, badiiy, tarixiy asarlar yozdilar. Ma’rifatparvarlarning - xalqimiz asl farzandlarining asarlari, ilmiy-falsafiy, madaniy meroslari ular yashab ijod etgan murakkab davrning mazmunini, mohiyatini, murakkabliklari va ziddiyatlarini o’zida chuqur va tiniq aks ettirgan bamisoli tarixiy ko’zgudir. Ulardan bizlarga ilmiy, madaniy meros bo’lib kelayotgan, milliy ma’naviy boyligimizning tarkibiy qismi hisoblangan badiiy, falsafiy asarlar, hikoyalar, odob-axloq majmualari, ruboiylari, nazmiy va nasriy maktublar, dostonlar, xotirotlarni o’qib, mazmuni bilan tanishib, xalqimizning dardu hasratini, orzu-armonlarini, kechmish tarixini ko’ramiz. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda jadidlar harakati vujudga keldi. G’oyaviy-siyosiy jihatdan yetuk, kelajakni oldindan ko’radigan, el-yurt qayg’usi bilan yonib-kuyib yashaydigan, milliy istiqlol uchun kurashga hamisha shay turgan olimlar, adiblar, faylasuflar, fan va madaniyat arboblari ko’rina boshlaydilar. Xalqimizning zukko farzandlari Madmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Cho’lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy shular jumlasiga kiradilar. Ular xalqni ma’rifatli qilish, bilim saviyasini ko’tarish, fikr doirasini o’stirish, milliy istiqlolga erishishning zarur shartlaridan biri deb tushundilar va ana shu olijanob niyatlarini amalga oshirish uchun tinmay harakat qildilar. Turkistonning kelajak taqdiri to’g’risida, millatning istiqboli haqida tinmay qayg’urdilar, izlandilar, milliy istiqlolimizga zamin yaratdilar. «Mustaqillik poydevoriga xalqimizning boshiga tushgan og’ir kunlarda qatag’onga uchrab, gunohsiz qurbon bo’lgan minglab zabardast, unutilmas farzandlari tamal toshini qo’yganlar. Shuning uchun ham mustabidlik zamonida xalqimiz xotirasidan ataylab o’chirilgan mu’tabar insonlarning nomlari birin- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling