88
umumxalqqa rahnamo bo’lgan. Uni sinovlarga bardosh berishga, yopyg’ kunlarga
intilib yashashga da’vat qilgan, ishontirgan. Bunday da’vat o’z navbatida
odamlarga kuch-quvvat bag’ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga
mehru oqibatini oshirgan».
«Ma’lumki, insonparvarlik g’oyalari bilan oziqlangan Xoja Ahmad
Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi zotlar asos
solgan muqaddas g’oya va tariqatlarning Vatani ham Turkiston zaminidir»
1
.
Sharq mutafakkirlarining, islom va tasavvuf falsafasi allomalarining, buyuk
muhandislarining asrlar davomida odamlarni eng ulug’ maqsadlar yo’lida
birlashishga, hamjihat bo’lishga chaqirgan g’oya
va o’gitlari mustaqil O’zbekiston
Respublikasi taraqqiyoti uchun ijobiy ta’sir etmoqda.
2.5. XVII-XX asrlarda O’zbekiston hududidagi ijtimoiy - falsafiy fikrlar
Ilm-fan, aql-zakovat va ilmiy tafakkur, madaniyat va ma’naviyat,
ma’rifatning qadr-qimmati jamiyat taraqqiyoti, xalq va millat kamoloti, Vatan
istiqboli uchun muhim ahamiyat kasb etishini targ’ib-tashviq etish O’rta
Osiyoning barcha mutafakkirlari falsafiy ta’limotlarida azal-azaldan yetakchi o’rin
tutib kelgan.
O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan ma’rifat
haqidagi ajoyib g’oya va ta’limotlar XVII-XIX asrlarda adiblar, tarixchilar,
faylasuflar, ziyolilar tomonidan o’ziga xos tarzda ijodiy rivojlantirildi, yangicha
ma’no va mazmun bilan boyitildi.
Turdi Farg’oniy, Boborahim Mashrab, Mujrim Obid, Shermuhammad
Munis, Muhammad Sharif Gulxaniy, Muhammad Rizo Ogahiy va boshqalar o’sha
murakkab tarixiy davrning el-yurt nazariga tushgan fan arboblari, atoqli shoir va
yozuvchi-olimlaridir.
1
Karimov I.A.Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.3-Jild.–T.:“O’zbekiston”, 1995.-40-41-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |