85
yer yuzidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda yashab, faqat xudo
haqida o’ylash, xayol surish, eslash, uni qalbdan sevishdir. Ma’rifat — hamma
narsaning, butun borliqning asosi xudo ekanini bilish, aniqlash va shu tariqa
xudoga yetish demakdir. Ma’rifatda olam, yulduzlar, Oy, Quyosh, odamlar,
hayvonlar, qushlar, kaptarlar, boshqa jamiki narsalar xudoning zuxurotidan
iborat, odam Olloh quyoshning zarrasi deyiladi. Haqiqat — o’zini xudoning
dargohiga erishgan, vasliga yetgan, xatto u bilan ko’shilib ketgan deb bilishdir.
Tasavvufning oqimlari, asosiy yo’nalishlari nihoyatda ko’p va xilma-xil
bo’lib, turli davrlarda dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarda uning har xil
yo’nalishlari paydo bo’lgan va yoyilgan. Bizning yurtimiz — Turon zaminida va
musulmon Sharqida tasavvufning bir necha buyuk tariqati — ta’limotlari paydo
bo’ldi. Bular XII asrda Turkistonda maydonga kelgan yassaviya va suxravardiya,
XII asr oxirida Xorazmda vujudga kelgan kubroviya, XVI asrda Buxoroda yuzaga
kelgan naqshbandiya va boshqa tariqatlardir.
Xoja Ahmad Yassaviy (1041-1167 yy.) tasavvuf falsafasining yirik
namoyondalaridan hisoblanadi
1
. Yassaviya tariqatining birinchi va asosiy fazilati
— uning xalqchilligidir. Unda ham Olloh, ham inson madh etiladi. Yassaviy
o’zining «Hikmat»larida insonni qadrlaydi, uni adolatsizlikdan, zulmdan himoya
etishga chaqiradi.
Buyuk mutafakkirning asosiy maqsadi odamlarni Ollohni tanishga, uning
yaqini bo’lishga da’vat etish, insonni xudoning eng aziz bandasi sifatida
e’zozlash, adolatsizlikni qoralash, bu dunyoning dog’larini insonga
yuqtirmaslikdan iboratdir.
Ahmad Yassaviy inson o’z azaliy pokligini saqlashi, gunoh orttirmasligi
uchun nima ish qilishi kerak, degan savolga ham o’zicha javob beradi. Yassaviy
inson o’zining azaliy pokligini saqlashi uchun bu dunyodan yuz o’girishi, umrini
odamlardan uzoqda, yolg’izlikda, uzlatda toat-ibodat bilan o’tkazishi lozim, deb
hisoblaydi. Buni u Ollohga yaqin bo’lishining, o’ziga foniy bo’lishi uchun shariat,
1
Qarang:Xoja Ahmad Yassaviy.-Chimkent, 1992. -11-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |