Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
84
yaxshilik yo’lida jondan kechishga tayyor, fidoiy qalb egasi bo’lishga, do’stlarga naf yetkazish, do’stlarni dushman zararidan himoya etishga da’vat etadi. Ularning muhim talablari qatoriga yolg’on, bo’hton va behuda so’zlardan tilni tiyish, nojo’ya, nomaqbul so’zlardan, g’iybatdan quloqni berkitish, ko’rish nojoiz hisoblangan narsalardan ko’zni yumish, harom narsalardan qo’lni tortish ham kiradi. Man etilgan joylarga borish, haqorat va gunohga sabab bo’ladigan ishlarni qilish, harom ovqatlarni yeyish, zinoga yo’l qo’yish, oqibatini o’ylamasdan ish tutish, boshqalardan o’zini ustun deb hisoblash, kamtarlikni unutib, manmanlik yo’liga kirib ketish tasavvuf singari futuvvatda ham qoralanadi. Xalq va beva-bechoralarga shafqat, muruvvat ko’rsatish, kishilar gunohidan kechish, qanchalik katta, ulug’ ish qilgan bo’lishiga qaramasdan hech qachon g’ururlanib ketmaslik ular har ikkalasining asosiy g’oyalaridan bo’lib hisoblanadi. Iymon-e’tiqod, aql, ilm, parxez, muruvvat, shafqat, shijoat, xayr-ehson, vafo, sabr- toqat, nafsni tiyish, oliyhimmatlik, sirni berkitish, rahmdillik, ota-ona hurmatini bajo keltirish, ustoz xizmatida bo’lish, hamsoya haqini ado etish va boshqa shunga o’xshashlar tasavvuf va futuvvat falsafasining shartlari jumlasiga kiradi. Tasavvuf va futuvvatning aytib o’tilgan ustunlari va shartlaridan tashqari man etadigan, ta’qiqlaydigan narsalari ham bor. Bular yaxshilarning orqasidan gapirish, birovlarni mazah qilish, gap tashish, ko’p kulish, va’daga xilof ish qilish, hasad qilish, zulm o’tkazish, aldash, odamlardan ayb qidirish, betga choparlik, yolg’on qasam ichish, ta’magarlik, xiyonat qilish, noto’g’ri guvohlik berishdan iboratdir. Ma’lumki, tasavvufda Olloh rahmatiga yetishning, inson ma’naviy kamolot yo’lining to’rt bosqichi mavjudligi tasdiq etiladi. Bular shariat, tariqat, shuningdek, ma’rifat va haqiqatdan iborat. Shariat — diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, Qur’oni Karim va hadisi sharifdagi axloqiy, ilohiy ko’rsatmalarni puxta o’zlashtirish, aynan, izchil suratda bajarish, xudoga ibodat qilishdir. Shariat xudoni idrok bilan tanishni ko’zda tutadi. Shariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga o’tish mumkin emas. Tariqat - |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling