Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

80
 
o’zining chuqur ilmiy ifodasini topgan. Shuningdek, ularning falsafiy ta’limotlarida 
manmanlik, kibru-havo, mol-dunyoga hirs qo’yish, baxillik, ochko’zlik, 
tekinxo’rlik, yalqovlik qoralangan, saxovat, ijtimoiy adolat ulug’langan, saxiylik, 
baxillikka qarama-qarshi qo’yilgan. 
O’rta Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlar taraqqiyotida beqiyos 
katta o’rin tutgan mutafakkirlardan biri Mirzo Abdulqodir Bedildir (1644-1721 
yy.). O’z davrining atoqli faylasufi va shoiri hisoblangan Bedil O’rta Osiyo xalqlari 
madaniyati va falsafasi rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk alloma sifatida 
yuksak ehtiromga sazovor bo’ldi. Bedil adabiyot va falsafa sohasida o’zidan 
qimmatbaho ilmiy meros qoldirdi. 
Mirzo Bedil falsafiy fikri negizini ob’ektiv olam mavjudligini e’tirof etish 
tashkil etadi. Uning ta’limotiga ko’ra, tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar 
o’zaro bog’liq hamda dunyo hamisha o’zgarish, rivojlanish holatida turadi. U 
o’zining «Chor unsur» («To’rt unsur») kitobida tabiat abadiy haqiqatdir, ya’ni 
abadiy bordir, uning navlari, shakllari, ko’rinishi xilma-xilliga ham o’zidandir. 
Bizlar — insonlar esa bu olamga kelib-ketuvchi, yo’q bo’luvchilarmiz, deydi. 
“Olam, - deb ta’kidlaydi Bedil, - sifat jihatdan ham, son jihatdan ham bir 
lahza bo’lsada bir holatda turmaydi. Bedil abadiy mavjud bo’lgan materiyani 
shakl bilan birgalikda olib qaraydi. Buni uning shakllarisiz materiya mazmuni 
ko’rinmaydi, materiya pardani ochmasa, shakllar ifodalanmaydi, materiya shakllar 
jihatida yashirindir, shakllar materiyada imkoniyat holatidadir”, degan so’zlardan 
bilib olishimiz mumkin. 
Bedilning tushuntirishicha, jism — narsalar tarkibida (mavjudot birligi) 
degan ta’limotda chuqur ifodalangan. Unda aytilishicha, modda bilan ruh, tan bilan 
jon bir-biriga bog’liq. 
Jismlar olamini ruhlarsiz tushunish ham to’g’ri emas. Tan quvvati tan 
salomatligidadir. Agar tan quvvatiga zarar yetsa, ruhning quvvati ham zarar 
ko’radi. 
Bedil inson o’z vaqtida ovqatlanib turmasa quvvatdan ketadi, mehnat 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling