Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
76
aniqlanib, ularning astronomik jadvallari tuzilgan. Ulug’bekning astronomik jadvali va uning rahbarligida bino qilingan rasadxona o’sha davr astronomiya fani yutuqlarining cho’qqisi bo’lib, fan taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi. Qomusiy bilim egasi bo’lgan Mirzo Ulug’bek riyozat, falakiyot, musiqashunoslik, fiqh, tarix ilmlari sohasida ijod qilgan. Mirzo Ulug’bek hazratlari «Bir darajaning sinusini, aniqlash haqida risola», «Risoladar ilmi musiqa», «Risolai Ulug’bek» nomli asaridan tashqari «Tarixi arba’ ulus» degan yirik tarixiy kitobning ham muallifidir. Ulug’bek nomini butun dunyoga yoygan, unga shon-shuhrat keltirgan bebaho asar «Ziji jadidi Ko’ragoniy»dir. Bu asar Ulug’bekning yigirma yil davomida olib borilgan astronomik kuzatishlarining natijasi bo’lib, uning asosiy qismi yulduzlar jadvalidan iboratdir. Ulug’bek o’limidan keyin ikki yuz yil davomida bu jadval o’zining aniqligi va ilmiyligi bilan tengi yo’q hisoblanib kelingan. Bu haqda so’z yuritar ekanmiz, beixtiyor 1996 yili Parijda YUNESKOning o’sha paytdagi Bosh kotibi Federiko Mayor janoblari Ulug’bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning yulduzlar harakatiga oid hisob-kitoblari bugungi kunda kompyuter yordamida tekshirib ko’rilganda atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlanganligini aytdi 1 . Mirzo Ulug’bek hayoti, amaliy faoliyati ilm-fan taraqqiyotiga bag’ishlangan edi. U ilm yordamida kelajakni oldindan ko’rdi. Ulug’bekning astronomiya va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlari va ilmiy ta’limotlari insoniyatning keyingi ilmiy tafakkuri rivojiga favqulodda muhim zamin tayyorlab berdi. «Mirzo Ulug’bekning, - degan edi I.A.Karimov, - umumbashariy qadriyatlarga qo’shgan hissasi beqiyos bo’lib, u bugungi kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda» 2 . Jahon madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkirlar orasida 1
2 Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. –T.:“O’zbekiston”, 1994. -98-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling