Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

73
 
Temurning suyukli nabirasi, Shoxruh Mirzoning o’g’li — Muhammad Tarag’ay — 
Mirzo Ulug’bekdir (1394-1449 yy.). 
Hazrat Alisher Navoiy ta’birlari bilan aytadigan bo’lsak, Amir Temur 
naslidan chiqqan Ulug’bekdek sultonni olam hali ko’rgan emas. Jahonda Ulug’bek 
nomi bilan shuhrat qozongan Muhammad Tarag’ay 1394 yil 22 martda tug’ildi. 
Bobosi Amir Temurning katta xotini Saroymulk-Bibixonim tarbiyasini olib 
ulug’aydi. Amir Temur unga alohida e’tibor bilan qaragan. Saroyda bo’ladigan 
maslahatlar, olimlar bilan bo’ladigan uchrashuvlar va suhbatlarda, chet ellardan 
kelganlarni qabul qilish, shuningdek, harbiy mashq va yurishlarda Ulug’bek 
ishtirok etgan. Amir Temur o’z nabirasi Ulug’bekni qilichboz sarkarda emas, balki 
buyuk olim bo’lib yetishishini orzu qilgan va shu yo’lda unga rahnamolik qilgan. 
Mirzo Ulug’bek yoshlik paytlaridanoq qaerda bo’lmasin, olimlar, shoirlar, 
san’atkorlar, diniy ulamolar, shayxlar, dunyoga taniqli allomalar davrasida 
bo’lgan, ilmiy bahslardan ma’naviy baxra olgan, ilxomlangan, ulardan ko’p 
narsa o’rgangan, asta-sekin ko’zi pishib, aqli teranlashib, fikran boyib
dunyoqarashi kengayib va chuqurlashib borgan. 
O’ta murakkab, alg’ov-dalg’ovli va ziddiyatli bir sharoitda yashagan va 
shakllangan Ulug’bek mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish 
bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan ham shug’ullandi, olimlarga rahnamolik qildi, 
o’z ustida tinimsiz ishlab, o’tmish ilmiy bilim xazinalarini tinmay o’rgandi, 
mutolaa qildi, ilmiy-falsafiy tafakkurini muttasil kengaytirdi va chuqurlashtirdi. 
Ulug’bek Axmad Farg’oniy, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn 
Sino, Abu Rayhon Beruniy singari allomalarning falsafa, mantiq, tarix, 
matematika, astronomiya, tabiatshunoslik va fiqhga oid asarlarini katta qiziqish 
bilan o’rgandi. Yunon olimlaridan Aflotun, Arastu, Ptolomeyning klassik asarlari 
bilan tanishdi. Ilm-fan va madaniyatining, tarix va falsafaning Ulug’bek e’tiboridan 
chetda qoldirgan biron-bir sohasi qolmadi. 
O’tmish ajdodlardan, xususan, O’rta Osiyo qomusiy aql egalaridan qolgan 
madaniy meros, umuminsoniy mazmundagi ma’naviy qadriyatlar Ulug’bek ilmiy-





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling