Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
71
qiladi. Uning fikricha, olamda narsalar va hodisalar doimo rivojlanib va o’zgarib turadi. Beruniy koinotda yerdan, bizning sayyoramizdan tashqari yana boshqa dunyolar mavjudligi to’g’risidagi hamda harakat ziddiyatga asoslanishi haqidagi ilmiy farazlarini ham ilgari suradi. Uningcha, tabiatda ma’lum qonuniyat bor, tabiat hodisalarni o’sha qonuniyatlarga, tabiatning o’ziga asoslanib izohlash, tushunish kerak. Buyuk mutafakkirning dunyoni bilish mumkinligini, uning o’ziga xos xususiyatlari, tabiatni bilishning tajriba usullari haqidagi falsafiy ta’limoti ham juda katta ilmiy-amaliy ahamiyatiga ega. Beruniy ta’limotiga ko’ra, tabiatni bilish jarayoni sezgilaridan boshlanib tafakkurga ko’tariladi ; ma’lum narsalardan noma’lum narsalar va hodisalarni bilishga tomon rivojlanib boradi. Bilish jarayonida hissiy bilish — sezgi, idrok, xotira kabilarga Beruniy katta e’tibor beradi va ularsiz tabiat hodisalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin emasligini ta’kidlaydi. Bilish jarayonida kuzatish, taqqoslash muhim ahamiyat kasb etishini, bu masalada inson xotirasining ahamiyati kattaligini Beruniy bir necha bor qayd etgan. Uning ta’kidlashicha, xotirasi yaxshi odam hamma narsalarni yaxshiroq, tezroq va oson eslab qoladi. Beruniy tarixiy hodisa va jarayonlarni bilishda inson yolg’on-yashiqlarga, noto’g’ri ma’lumotlarga, yuzaki xabarlarga asoslanmasligi, masalalarni har taraflama, mukammal qilish, o’rganish zarurligini aytib o’tgan. «Hindiston» nomli asarining muqaddimasida bu haqida quyidagilarni ta’kidlagan: «Xabar ko’z bilan ko’rgandek bo’lmaydi, degan kishining so’zi juda to’g’ridir. Chunki ko’rish ko’ringan narsaning o’zi bor paytda va o’z joyida turganida qarovchi ko’zining uni uchratishdan iboratdir. Xabarga yolg’on-yashiriqlar qo’shilmaganda, u ko’rishga nisbatan ortiqroq o’rinda turgan bo’lar edi. Chunki ko’rish va qarash vaqti narsa bor vaqtning bir bo’lagi bilan cheklanadi... Yozish xabar turlarining biri bo’lib, uni boshqa turlardan ko’ra sharafliroq sanash mumkin, qalamning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling