67
bir sanab ko’rsatadi.
Forobiyning «Fozil odamlar shahri» kitobidan keltirilgan yuqoridagi dono
fikrlar hozirgi mustaqillik sharoitida yashab faoliyat ko’rsatayotgan shahar,
tuman, viloyat rahbarlariga, olimlariga, ziyolilariga, kattayu-kichik barcha
kishiga bevosita taaluqlidir. Forobiyning ilmiy-falsafiy ta’limoti insoniyatning
mislsiz ma’naviy boyligi va madaniy-ma’naviy kamoloti yo’lidagi dasturi -
amalidir.
Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni (980-1037 yy.) jahon fani va madaniyatining
yirik arboblaridan biri sifatida biladi va e’zozlaydi.
Buyuk alloma bor-yo’g’i ellik yetti yil umr ko’rdi, bu umrdan o’n sakkiz
yili ilm tahsiliga sarf bo’ldi. Umrning ko’p vaqti zindonda, talon-taroj bo’lish va
o’lim xavfi ostida o’tdi. Ammo shu yillar davomida benihoya ko’p ilmiy ishlar
yozdi. Ibn Sinoning to’rt yuzdan ortiq asarlari ilm-fanning barcha sohalariga
talluqlidir. Shundan 242 tasi bizga yetib kelgan. Alloma asarlaridan 80 tasi falsafa,
ilohiyot, tasavvufga, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 tasi esa ruhshunoslikka
bag’ishlangan.
Ibn Sino o’z asarlari bilan O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini dunyo
madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun ham uni «Shayxur-
rais» — «Olim boshlig’i» deb atalishi bejiz emas. Olimning asosiy falsafiy asarlari
«Kitob at shifo» («Davolash kitobi»), «Donishnoma», «Najot», «Kitob ul insof»
(«Adolat kitobi), «Kitob al-qonun fit tib», («Tib qonunlari» kitobi)dan iborat.
Ibn Sinoning «Donishnoma» nomli falsafiy kitobi besh xil ilmni — mantiq,
tibbiyot, ilmi hay’at (astronomiya), musiqa, ilohiyotni o’z ichiga oladi. Ibn Sino
o’tmishdoshlari va zamondoshlari singari xudoni e’tirof etadi, uni borliqning
birinchi sababi va manbai deb tushunadi.
Ibn Sinoning aytishicha, falsafa borliq haqidagi fandir. Borliq esa abadiydir,
u shaklini o’zgartirish, ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tishi mumkin, lekin
uning o’zi, materiya yo’qolmaydi. Materiya doimo vujudga kelishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |