Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

66
 
mohiyatini, ma’nosini biladi, deb hisoblagan. 
Forobiy ijtimoiy hayot, jamiyat masalasida ham muhim falsafiy fikrlarni 
o’rtaga tashlagan. U o’zining «Fozil odamlar shahri» kitobida har bir inson o’z 
tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka 
erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni 
qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj 
tug’iladi, deydi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning 
har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib 
beradi. 
Forobiy insonlarni o’zaro hamkorlikka chaqiradi, dunyoda yagona bir 
butun inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi. «Baxt-saodatga erishuv haqida» 
risolasida kamolotga bir kishining yolg’iz o’zi (birovning yoki ko’pchilikning 
yordamisiz) erishuvi mumkin emas. «Har bir inson o’z tabiati bilan shunday 
tuzilganki, - deydi Forobiy, - u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq 
uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita 
olmaydi, ularga erishish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi... Shu 
sababli yashash uchun zarur bo’lgan, kishilarni bir-biriga yetkazib beruvchi va 
o’zaro yordamlashuvchi ko’p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o’z 
tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa 
a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka 
erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi»
1

Forobiy davlatni har tomonlama yetuk, o’zida eng yaxshi insoniy fazilatlarii 
jo qilgan kishilar yordamida idora etish zarurligini qayd etadi. Shuningdek, u har 
tomonlama yetuk aholini ilm-ma’rifatga olib boruvchi ideal jamoa haqidagi 
xayolotini olg’a suradi. «Fozil odamlar shahri» kitobida Forobiy davlatni 
boshqaruvchi Ollohdan boshqa hech kimga buysunmasligi kerak, u tabiatan o’n 
ikkita xislat-fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi zarur, deydi va ularni birma-

1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”, 1993.-186-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling