Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

62
 
ahamiyatga ega. U olamni inson sezgisi va bilimining manbai deb biladi. Uning 
aytishicha, olamdagi narsa va hodisalar mohiyatini bilish nihoyatda murakkab, 
ziddiyatli jarayondir. Lekin inson bu masalada ham bitmas-tuganmas 
imkoniyatlarga egadir. Inson o’zining tirishqoqligi, mehnati va amaliy faoliyati, 
Olloh ato etgan aql-idrok, qobiliyat va iste’dodi bilan, dunyoni asta-sekin bila 
boradi, deydi Xorazmiy. 
Xorazmiy hissiy va aqliy bilishning o’ziga xos xususiyatlarini, mohiyatini, 
o’zaro aloqadorligini alohida ta’kidlaydi. Uning aytishicha, aqliy bilish hissiy 
bilishsiz vujudga kelmaydi. Hissiy bilish borliqning tashqi tomonlari haqida 
bilim berish manbaidir. Aqliy bilish yordamida esa inson narsa va hodisalarning 
murakkab ichki tuzilishini, mohiyatini, qonuniyatini bilib oladi. Aqliy bilish 
inson bilish rivojining yuqori bosqichidir. Bunda biz Xorazmiyning aqliy bilish 
masalalariga alohida e’tibor berganligini ko’rib turibmiz. Bilishda inson aqli va 
amaliyotining ahamiyatini ko’rsatganligi buyuk vatandoshimizning ajoyib 
xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi. 
Muso al-Xorazmiy dunyoqarashida ijtimoiy-falsafiy masalalar, xususan, 
jamiyat va uning istiqboli haqidagi fikr-mulohazalari alohida o’rin egallaydi. 
Jamiyat taraqqiyotida ilm-fan va madaniyatning, odob-axloqning, islom dini
shariat qonunlarining katta o’rin tutishi haqida alloma tomonidan bayon etilgan 
fikrlar hozirgi davr uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning aql-idroki, 
imon-e’tiqodini mustahkamlash, ruhan poklash va kishilar o’rtasidagi insoniy 
munosabatlarni mustahkamlashda fan va madaniyatning, diniy qadriyatlarning 
muhimligi xususidagi fikrlari tahsinga sazovordir. 
Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso Xorazmiyning nodir asarlari, 
yaratgan ta’limoti, ijtimoiy-falsafiy qarashlari hozirgi avlod uchun bitmas-
tuganmas xazina, mustaqilligimiz uchun xizmat qiladigan bebaho ma’naviy 
boylikdir. Jahon ilm ahlining 1983 yili Muhammad Muso Xorazmiyning 1200 
yilligini zo’r tantana bilan nishonlaganligi buyuk vatandoshimizga ko’rsatilgan 
cheksiz hurmat va ehtiromdir. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling