Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

61
 
erishayotgan ulkan yutuqlarini ko’z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu 
buyuk bobomiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda o’zbek xalqining ham 
munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to’ladi”
1
.
Muhammad Muso al-Xorazmiy ilm-fan va madaniyat olamida nafaqat buyuk 
matematik va tabiatshunos olim, balki mashhur faylasuf sifatida ham ma’lum. 
Xorazmiy maxsus falsafiy asar yozgan bo’lmasada, lekin uning matematika
geometriya, astronomiya, geografiya, tarix va musiqa ilmiga oid barcha kitoblarida 
ilgari surilgan, ilmiy isbotlangan falsafiy fikr-mulohazalar, nazariya va 
ta’limotlar son-sanoqsizdir. Uning matematika va boshqa tabiatshunoslik fanlari 
ilmiy yutuqlariga asoslanib yozishicha, tabiiy qonuniy jarayonlar Olloh 
tomonidan tinimsiz o’sish, o’zgarish va rivojlanishdadir. Unda nimalar yangidan 
paydo bo’ladi, ma’lum vaqt mobaynida yashaydi, keyinchalik borib esa u ham 
eskira boshlaydi va pirovard-oqibatda o’z o’rnini boshqa narsaga qonuniy 
ravishda bo’shatib beradi. Eski narsa o’rnini yangi, ulayotgan narsa o’rnini 
o’sayotgan narsa egallashi, Xorazmiy falsafiy ta’limotida qayd etilishicha, tabiiy-
qonuniy jarayondir. Bu jarayon cheksiz-chegarasizdir. 
Xorazmiy dunyodagi har bir narsa va hodisa mohiyatida bir-birini inkor 
etibgina qolmay, ayni paytda bir-birini o’zaro taqozo etadigan, bir-birisiz yashay 
olmaydigan ikki qutb, ikki qarama-qarshi tomon mavjuddir, taraqqiyot ular 
o’rtasidagi ana shu birlik va kurash asosida amalga oshadi, deb ko’rsatadi va 
o’zining bu falsafiy ta’limotini matematika fani dalillari asosida ilmiy isbotlaydi. 
Xorazmiyning fikricha, dunyo to’rt unsur-tuproq, suv, havo, olovdan 
tashkil topgan. Dunyodagi barcha narsa va hodisalar ana shu unsurlarning 
birikishi, o’zaro ta’siri ostida hosil bo’ladi va yashaydi. 
Xorazmiy chuqur ilmiy dalillar asosida mazmun bilan shaklni, sabab bilan 
oqibatni, imkoniyat bilan voqelikni, miqdor bilan sifatni, jamiyat bilan tabiatni 
ajratib bo’lmasligini, ular o’zaro aloqadorligini isbotlagan edi. 
Muhammad Muso Xorazmiyning bilish masalasiga oid fikrlari ham muhim 

1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.-T.:“Ma’naviyat”, 2008. -41-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling