Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

69
 
va tafakkuriga alohida ahamiyat berdi. Uning ta’limoticha, aql-faol ijodiy kuch va 
bilish qurolidir. U, aql ikki turlidir — o’zi bilan birinchi sabab orasida hech qanday 
vosita bo’lmagan aql va o’zi bilan birinchi sabab orasida biror vosita bo’lgan aql, 
deb yozgan edi. 
Abu Ali ibn Sino inson aqlining har tomonlama rivojlanishiga, tabiat sirlari 
va haqiqatni bilish mumkinligiga qattiq ishongan edi. Shuning uchun ham olim 
odamlarni bir-biri bilan do’st-inoq bo’lib yashashga chaqiradi. Odamlar sofdil, 
samimiy do’st bo’lib yashasa, bir yoqadan bosh chiqarsa har qanday mushqul ish 
oson bo’lishiga qattiq ishondi. “...bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati,- deb 
yozadi O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov, - dunyo 
taraqqiyotini insonparvarlik ruhida, ya’ni, ma’naviy negizda rivojlantirishga ulkan 
ta’sir o’tkazdi, deb aytishga barcha asoslar bor”
1
.
 
Buyuk mutafakkir «Qush risolasi»da, baxt o’z do’stlaring yoningda 
yashagan, sen har kuni ko’rishib turadigan, birga ishlaydigan va o’z vaqtini 
xushchaqchaq o’tkazib turadigan do’stlaring bilan birga yashaydigan joydadir, 
deb ta’kidlaydi. 
Xorazmlik olim Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy.) nafaqat O’rta Osiyo 
va umuman Sharqda, balki jahon fani va madaniyati tarixida ham eng ulug’ va 
buyuk mutafakkirlaridan hisoblanadi. 
Beruniy — ilmiy merosi boy, ilmiy faoliyati ko’p qirrali qomusiy olimdir. 
Beruniy 160 ga yakin asar yozgan. Uning asarlari astronomiya, matematika, 
geografiya va geodeziyaga, kartografiyaga, ob-havo masalalariga, fizika, 
dorishunoslik, tarix va etnografiya, falsafa, din, ritorika va musiqa, adabiyotga, 
ya’ni ilmning deyarli barcha sohalariga bag’ishlangan. Beruniyning «Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar», ''Hindiston», «Minerologiya», «Geodeziya», 
«Qonuni Mas’udiy» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. 
Beruniy tabiat, unda cheksiz ravishda ro’y berib turadigan tabiiy 

1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.-T.:“Ma’naviyat”, 2008.- 41-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling