77
fahrli o’rin sohibi Alisher Navoiy (1441-1501 yy.)dir.
Turkiy zabon shoir, olim va mutafakkir Alisher Navoiyning ilmiy
dunyoqarashi, falsafiy ta’limoti u yashagan va ijod etgan ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy, madaniy-ma’naviy muhit va sharoitlar ta’sirida shakllanadi va
rivojlanadi. “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak,- deb yozadi I.Karimov, - u
avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir
desak, shoirlarning sultonidir”
1
.
Navoiy butun olam, borliq, koinot xudo tomonidan yaratilganini e’tirof
etadi. Butun dunyo, shu jumladan, tabiat va jamiyat ham, allomaning fikricha,
Ollohning namoyon bo’lishi, zuxr etilishidir. Uning bu fikri tasavvuf falsafasidagi,
xudo butun mavjudotning, borliqning yaratuvchisi, qolgan hamma narsa, jumladan
inson ham uning zarralaridir, degan qoidaga to’la asoslangandir. Tasavvuf falsafasi
qoidasiga ko’ra, inson xudo tomonidan yaratilgan bo’lib, boshqa ma’lumotlardan
farqli o’laroq ilohiy aqlga egadir.
Olamning yaratilishidan bosh maqsad, olimning ta’kidlashicha, insondir.
Inson butun borliqning ko’rki va sharofatidir. Olam ko’rki bo’lgan inson vujudi
tabiatdagi boshqa narsalardan o’tgan, suvdan, havodan, tuproqdan tashkil
topgandir. Navoiyning ta’kidlashicha, insonda his, ruh, aql bordirki, uning bu -
ruhiy hayoti o’sha to’rt unsurdan tarkib topgan jism a’zolari tomonidan harakatga
keltirib turiladi. Jon va ruhni tana va jismdan ajratib bo’lmaydi, ular o’zaro bir
bo’lganliklari uchun tirikdir.
Alisher Navoiy insonga biologik hodisa sifatida emas, balki ijtimoiy
mavjudot tariqasida qaraydi va baho beradi. Ijtimoiy mavjudot hisoblangan
insonning xulq-atvori, dunyoqarashi, odob-axloqi, ma’naviy qiyofasi, ijtimoiy
muhitga bog’liq. Inson ijtimoiy muhit hosili sifatida shakllanib, kamolotga erisha
boradi.
Alisher Navoiy asarlari markazida turgan belgilovchi va yo’naltiruvchi
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch.-T.:“Ma’naviyat”, 2008. -47-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |