Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

79
 
siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida katta o’zgarishlar ro’y berdi, ilm-fan, 
adabiyot va san’at yuksaldi, ravnaq topdi. 
Bobur har tomonlama keng va chuqur bilimga ega bo’lgan buyuk siymodir. 
Buyuk mutafakkir bobomizning asarlari, lirik she’rlari va ruboiylarida inson 
uchun Vatandan aziz, Vatandek muqaddas, Vatandek oliy ne’mat yo’qligi, odam 
uchun neki muqaddas bo’lsa, barchasi Vatan bilan bog’liqligi aytib o’tiladi. 
Boburni dunyoga tanitgan muhim asari «Boburnoma»dir. U qomusiy 
asardir. Unda murakkab ijtimoiy-tarixiy voqealar bilan birga ilm-fan, madaniyat 
va ma’naviyatning, xalq ommasi hayotining turli sohalariga taalluqli juda 
qimmatli falsafiy fikr-mulohazalar, hayotiy tafsilotlar, ma’lumotlar berilgan. 
IX-XV asrlarda islom ta’limoti rivojiga ulkan hissa qo’shgan Ismoil al-
Buxoriy, al-Marvaziy, ash-Shoshiy, as-Samarqandiy, Jamoliddin an-Nasafiy, 
Imom at-Termiziy, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Abdulholiq G’ijduvoniy, Bahouddin 
Naqshband, Xo’ja Ahror Vali singari buyuk allomalar ijod etdilar. 
Bular orasida Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870 yy.) yoshlik 
davrlaridayoq aql-idrokli, o’tkir zehnli va kuchli xotiraga ega bo’lib, barcha ilohiy 
va dunyoviy bilimlarni chuqur o’rganishga kirishganlar. U buyuk zot o’zlarining 
asosiy e’tiborlarini hadis ilmini zo’r ishtiyoq va hafsala bilan o’rganishga 
qaratadilar. Ismoil Buxoriy islom diniga oid yigirmadan ortiq asar yozganlar. Ul 
zoti sharifning «Al-Jomi’ as-sahih» («Ishonarli to’plam») deb nomlangan to’rt 
jilddan iborat hadislar to’plami Sharqda qariyb o’n ikki asr davomida Islom 
ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin asosiy manba sifatida yuqori baholanib 
kelinmoqda. 
Sharq ilk uyg’onish davrining Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, 
Mahmud Qashg’ariy singari zabardast mutafakkirlarining «Hibatul haqoyiq», 
«Qutadg’u bilig», «Devonu lug’otit turk» nomli mashhur adabiy-falsafiy 
asarlarida dunyoning turlanib-tuslanib, bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga 
o’tib turishi, yangining eskirishi, vaqti kelib inkor etilishi, tabiat kabi jamiyat 
ham o’tmishdan kelajakka tomon yuksalib borishi singari falsafiy masalalar 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling