Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

75
 
zamon» tahallusiga sazovor bo’lgan Saloxidddin Muso Qozizoda Rumiy, taniqli 
matematik va astronom G’iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud, uning o’g’li Mansur 
Koshiy, o’z davrining «Ptolomeyi» deb nom olgan Ali Qushchi, Miram Chalabiy 
singari yirik olimlar ham Ulug’bekning ilmiy rahbarligi ostida samarali ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib borganlar. 
Ulug’bek fan va madaniyatda, ayniqsa, matematika va astronomiya ilmida 
mavjud bo’lgan imkoniyatlarni, ilmning hamma sohalari bo’yicha o’ta qobiliyatli 
va iste’dodli olimlarning borligini e’tiborga olib yangi maktab — ilmi tafakkur 
markazini yaratishga qaror qildi. Ana shu maqsadda, aytib o’tilganidek, ko’plab 
madrasalar qurildi. Qurilgan madrasalar ichida eng muhtashami va mashhuri - 
Samarkand madrasasidir. 1420 yilda Madrasa ochilgan kuni birinchi bo’lib 
ma’ruzani Mavlono Shamsiddin Muhammad Havofiy mudarris sifatida o’qigan. 
Muhammad Havofiyning olimlardan 90 kishi ishtirokida o’qigan ma’ruzasini o’ta 
chuqur ma’noli, juda murakkab, ilm-fanning barcha sohalarini qamrab olganligi 
hamda muammoli tarzda bo’lganligi sababli uning nozik qirralarini Ulug’bek 
bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushunmagan. 
Zamonasining dorilfununi hisoblangan Samarkand madrasasi hamda 
boshqa madrasalarda Kur’on, hadis, tafsir, fiqx (din va shariat qonun-qoidalari) 
bilan bir qatorda riyozat, handasa (geometriya), ilmi xay’at (astronomiya), 
tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz (poetika), arab tili va uning morfologiyasi 
kabi dunyoviy ilmlar ham o’qitilgan. Madrasa o’z davrining yirik ilmiy 
markaziga aylangan. Ulug’bek yirik olimlar va ko’pchilik shogirdlari bilan 
birga muntazam ilmiy ishlar olib borgan. 
Ulug’bek 1424-1428 yillarda Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori 
yonida rasadxona qurdirdi. Olimlarning e’tiroflaricha, Samarqandda barpo etilgan 
Ulug’bek rasadxonasiga o’zining jihozi, ilmiy yutuqlari bilan tenglasha oladigan 
rasadxona na undan oldin, na undan keyin ham yaratilgan emas. U aholi o’rtasida 
«Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat qozongan. Rasadxonada olib borilgan 
kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 qo’zg’almas yulduzlarning o’rni va holati 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling