Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

81
 
qobiliyatini albatta yo’qotadi, - degan edi. U, o’z fikrini davom ettirib, tarki 
dunyo qilganlar, gadoylar o’zlarini azob-uqubat chekishga majbur qiladilar, o’z 
tanalarini murdaga aylantirib, bu dunyodagi hamma noz-ne’matlardan voz 
kechadilar, natijada ularning ruhlari so’nadi, bunday kishilar ko’z oldilarida 
parilar, jinlar gavdalanadi, natijada ular aqldan ozib, jinni bo’lib qoladilar, xuddi 
yog’i ozayib borib, birdan yalt etib, so’ngra o’chib qoluvchi sham singari o’ladilar, 
deb ogohlantirgandi. 
Bedil nuqtai nazari bilan qaraganda, to’rt unsurning turli birikmalaridan 
noorganik dunyo paydo bo’lgan, keyin undan organik dunyo — o’simliklar, 
hayvonlar va odamzod vujudga kelgan. 
Bedilning tushuntirishicha, jism narsalar tarkibida zarrachalar o’zgarib 
turadi, natijada yangi narsalar kelib chiqadi, bu xayratga soluvchi sirli hodisa 
zaruriyat hukmi bilan bo’ladi, bu zaruriyat narsalarning o’zida va ularning o’zaro 
munosabatlarida mavjuddir. Yog’, pilik va olov birlashib, zaruriyat hukmi bilan 
yorug’lik beradi. Uzoq vaqt yashash va ovqatlanish natijasida hayvonlar qornida 
toshchalar to’planadi. Bu ham zaruriyat orqasidandir. 
Bedil «Irfon»da hamma mavjud narsalarning ilk zamini, barcha mavjudotlar 
ijodkori havodir, deb yozadi. Bedil havoni tabiatning o’zidan paydo bo’lishini, 
o’simliklar, hayvonlar, odamzod uchun suv, havo, yorug’lik zarurligini ta’kidlagan 
edi. Bedilning, dunyodagi har bir narsa va hodisa o’zidan boshqa narsalar bilan 
zaruriy aloqadorlikdadir, degan fikrlari ham muhim ahamiyatga ega. 
Bedilning ta’limoticha, inson sezgi organlariga tashqi olam ta’sir etadi, 
inson narsalar mohiyatini aql-zakovati yordamida bilib oladi. Omma bilish manbai 
ekanligini u har doim ta’kidlagan. Odam his qilish organlari yordamida (bilish) 
tashqi dunyo ta’sirini idrok qiladi, tafakkuri bilan esa buyumlarning mohiyatini 
bilib oladi. 
Inson atrofidagi narsa va hodisalarni, moddiy dunyoni fan yordami bilan 
biladi, degan g’oya Bedil falsafiy ta’limotining asosini tashkil etadi. U fanni 
rivojlantirish zarurligini yoqlab, umr shamlarini fan bilan yoritgan kimsaning 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling