Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

70
 
hodisalar, jarayonlar xususida muhim ilmiy-falsafiy g’oyalarni ilgari suradi. 
Olamda bo’lib turadigan o’zgarishlar, ya’ni tuzilish va buzilishlarning, paydo 
bo’lish va yo’qolishlarning o’ziga xos sabablari borligi haqida tabiiy-ilmiy va 
falsafiy mulohazalarni maydonga tashlaydi. Tabiiy jarayonlarda bo’ladigan 
imkoniyat va voqelik, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat, shuningdek, irsiyat va 
o’zgaruvchanlik masalalariga katta e’tibor beradi. Odamlarning rang, surat, fe’l-
atvori va axloqda turlicha bo’lishlarining asosiy sababi, olimning ta’kidlashicha, 
faqat nasl-nasablarining turlichaligida emas, balki tabiiy-iqlimiy muhitlarning — 
tuproq, suv, havo va joylarning turlichaligida hamdir. 
Borliqning abadiyligi, uni doimiy ravishda o’zgarib turishi haqida ham 
Beruniy o’z fikrini mukammal bayon etadi. «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar» asarida, “Olam azaliy... falak cheksiz bo’shliqqa joylashgan», — 
deydi. Allomaning fikricha, yer, tabiat azaldan hozirgi holatida bo’lgan emas, 
bundan keyin ham shunday holatda qolmaydi. Uzoq, yillar mobaynida, tadrijiy 
o’zgarishlar tufayli yerimizning tashki qiyofasi, hayvonot dunyosi, nabototi, ob-
havosi, iqlimi bir necha bor o’zgardi, daryolarning oqish yo’llari, oldingidan 
boshqacha bo’lib qoldi, quruqlikda bir vaqtlar bo’lmagan ko’llar, dengizlar hosil 
bo’ldi, ba’zilari esa yo’q bo’lib ketdi, tog’lar yemirildi. Ana shu tabiiy sabablar 
tufayli o’sha joylardagi sharoitlar o’zgarib ketdi. 
Beruniy yerdagi iqlimning, mavsumlarning o’zgarib turishi Quyoshning 
harakatiga bog’liq ekanligiga ham e’tibor bergan. «Astronomiya kaliti» asarida 
Beruniy yerning aylanmasligi haqidagi eskicha tasavvurlarga shubha qilib, yer 
aylanadi, uning harakati qonuniy ravishda va astronomik hodisalarga muvofiqdir, 
deydi. 
Mutafakkirning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida nur va 
zamon, nurning tezligi, nur harakati va tovush harakati, nur va issiqlik, nur va 
qorong’ulik, Oy nuri va Quyosh nuri singari masalalar ham bayon etilgan. 
Beruniy materiya doimo o’zgarib, harakat qilib, yangilanib, turli shaklga 
kirib turishi, moddiy narsalar va ularning harakati abadiy ekanligini alohida qayd 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling