Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
63
Abu Nasr Forobiy (870-950 yy.) nafaqat O’rta Osiyo va Sharqning, balki butun dunyoning asrlar osha e’tirof etilgan va benihoya katta hurmatiga sazovor bo’lib kelayotgan buyuk mutafakkiri, qomusiy olimi, mashhur faylasuflaridan sanaladi. O’rta asr fan va madaniyatiga bebaho hissa qo’shgan, Sharq Uyg’onish davrining donishmandi hisoblangan Forobiy milodiy 870 yilda Aris daryosi Sirdaryoga quyiladigan Forob degan joyda tug’ilgan. U dastlabki bilimni Forobda olgan. Uning ilm-fanga bo’lgan kuchli qiziqishi va intilishiga o’zi tug’ilib o’sgan yurtda olgan bilim kifoya qilmagan. Toshkentda, Samarkand va Buxoroda, O’rta Osiyoning boshqa o’lkalarida olgan tahsili uning ilm-ma’rifatga bo’lgan tashnaligini qondira olmagan. Ilmga juda katta hayotiy ehtiyoj sezgan Forobiy jahon ilm markazlaridan biri — Bog’dodda qo’nim topgan. Bu yerda u tinmay o’qib-o’rganadi, arab tili va adabiyotini mukammal bilib oladi. Keyinchalik Forobiy Shom, Misr o’lkalariga borib, o’z ustida tinmay ishlab, mudarrislik qilib yirik faylasuf sifatida taniladi, shogirdlar orttiradi. Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, riyozatchigina emas, shu bilan birga jamiyatshunos, filolog, tibbiyotchi, ruhshunos, musiqa ilmining nazariyotchisi va amaliyotchisi hamdir. Forobiy «Falsafani o’rganishda nimalarni bilish kerak», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Mantiqqa kirish», «She’r san’ati», «Shoirlarning she’r yozish san’ati qonunlari haqida», «Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida», «Musiqa haqida so’z», «Ohanglar tasnifi haqida kitob», «Masalalar bulog’i», «Aql to’g’risida», «Inson a’zolari haqida risola», «Fozil odamlar shahri», «Davlat haqida» kabi va boshqa 360 dan ortiq xilma-xil qimmatli asarlar yozdi. Forobiy shug’ullangan har bir soha, u yozgan har bir asar o’rta asr, yangi davr va hozirgi zamon olimlari tahsini va e’tiboriga sazovor bo’lgan. Forobiy yozgan asarlar o’rta asr ilmining qariyb barcha sohalarini o’z ichiga qamrab olgan. Uning asarlarini shuning uchun ham o’z davrining ko’zgusi, qomusi deyish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling