Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
116
Empedokl va Levkipplar dunyoni materialistik nuqtai-nazardan izohlab berish bilan bir qatorda narsa va hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga dialektika nuqtai-nazaridan yondashganlar. Qadimgi Yunonistonning eng mashhur faylasuflaridan biri Demokritdir (mil.avv.460-370 yy.). Uning asosiy asari “Buyuk diakosmos” bizgacha saqlanib qolmagan. Demokritning nuktai-nazaricha, dunyo moddiy bo'lib, ruh, ong materiyaning mahsulidir. U Levkippning qarashlarini rivojlantirib, dunyoning asosi atomlar va bo'shliqlaridan iborat, narsa va hodisalarning rang-barangligi atomlar birikish usullarining turli-tumanligidan kelib chiqadi, deb hisoblaydi. Demokrit materiya va harakatning ajralmasligi, harakat, fazoning ham xuddi materiya singari ob'ektiv mavjud ekanligini tan olish lozim deydi. Lekin u harakatni atomlarning bo'shliqdagi oddiy o'rin almashishi deb qaraydi. Harakatning o'zini esa atomlarning fazoda to'qnashuvi natijasida hosil bo'ladi deb hisoblaydi. Demokrit atomistik va determinizm tamoyilini o'zining kosmogonik nazariyasiga ham tatbiq etadi. Atomlar o'zlarining fazodagi tartibsiz harakatlari jarayonida bir tomondan, o'zaro to'qnashib, bir-birini parchalab boradi, ikkinchi tomondan, bir- biriga qo'shilib, tuproq, suv, havo, olov va ulardan quyun shaklida harakatlantiruvchi ko'p dunyolarni vujudga keltiradi . Demokrit tabiatdagi hamma voqea, hodisalarning doimo o'zgarib turishini zaruriyat hisoblab, tabiatdagi tasodifni tan olmas edi. Uning fikricha, narsa va hodisalar o'rtasidagi sababiyatni bilmaslik tasodifni tan olishga olib keladi. Sababiy bog'lanishlarni tekshirishni u fanlarning asosiy vazifasi deb hisoblar edi. Demokrit ong va ruh ham atomdan iborat deb hisoblagan. Demokrit olamni bilish mumkinligini ta'kidlab, uni qorong'i va haqiqiy bilimlardan iborat deydi. U bilish jarayonida hissiyot va tafakkurning rolini ham ko'rsatib o'tadi. Hissiy bilish orqali biz narsalarning (atomlarining qo'shilishi tufayli mavjud bo'lgan) sifat va xususiyatlarini bilsak, aqliy bilish orqali sezgilarimiz bilan bevosita sezib bo'lmaydigan hodisalarni bila olamiz. Aql yordami bilan atomlar (narsalar)ning mohiyati belgilanadi. Demokrit falsafa tarixida birinchi bo'lib bilish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling