Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
118 O'z navbatida Aflotunning g'oya haqidagi ta'limoti qadimgi dunyoning eng buyuk mutafakkiri Arastu (mil.avv.384-322 yy.) tomonidan tanqid ostiga olinadi. Uning ko'rsatishicha, moddiy olam abadiy va ob'ektiv xususiyatga ega bo'lib, u hech qanday «g'oya»larga muhtoj emas. Tabiat moddiy asosga ega bo'lgan narsa va hodisalar yig'indisidan iborat, u har doim harakat va o'zgarishdadir. Arastu ham Demokrit singari moddiy dunyoni, tabiatni bilishning predmeti va sezgilarimizning ob'ektiv manbai, kishi ongidan tashqaridagi moddiy olam sezgilarni vujudga keltiradi, deb ta'kidlaydi. Arastu o'z asarlarida hamma narsaning asosida materiya yotadi, deb moddiy dunyoning ob'ektiv mavjudligini e'tirof etadi. Narsalar materiya va shakldan paydo bo'ladi. Har bir narsa shakllangan materiyadir va shakl borliqning mohiyatidir. Materiyaning o'zida rivojlanishning faqat imkoniyati bor xolos, u shakllantirishga muhtojdir. Shakl tufayligina materiya imkoniyatdan voqelikka aylanadi. Haqiqiy borliq, uning fikricha, materiya va shaklning birligidir. Bular bir-biriga o'tib turadi, shaklsiz materiya yo'q. Demak, shakl va materiya tushunchalari nisbiy xarakterga ega . Arastu fikricha dunyoda to'rt xil sabab bordir: 1. Moddiy sabab yoki materiya (masalan, uy bunyod etish uchun zarur bo'lgan qurilish materiallari); 2.Shakliy sabab yoki shakl (uy tarixi); 3.Vujudga keltiruvchi sabab (uy quruvchi binokorlik san'ati); 4.So'nggi sabab yoki maqsad (bitkazilgan bino). Arastu qadimgi dunyodagi sodda dialektik fikrni eng yorqin ifodalagan mutafakkirlardan biri edi. Qadimgi yunon faylasuflarning hammasi olamning umumiy manzarasini to'g'ri izohlab bergan sodda materialistik hamda tug'ma stixiyali dialektik edilar. Ular orasida Arastu dialektikasi alohida ajralib turar edi. Arastu tabiatni ongli o'zgarishda, rivojlanishda ekanligini ko'rsatadi: buni u materiyaning shaklga ega bo'lish jarayoni, imkoniyatni voqelikka aylana borishi deb tushunadi. Biroq uning ta'limotida dialektikaga zid fikrlar, qarashlar ham mavjud. Arastu materiya passiv, shaklsiz narsa, shakl esa aktiv bo'lib, narsani narsa qiluvchidir, deb hisoblaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling