126
hech narsadan hech narsa vujudga kelmaydi, hech narsa yo'q bo'lib ketmaydi.
Materiyaning umumiy miqdori hech qachon o'zgarmaydi, u kamaymaydi ham,
ko'paymaydi ham.
Bekon materializmning yana bir xususiyati shundaki, u materiyani to'xtovsiz
harakatda, bir holatdan ikkinchi holatga o'tib turadi, deb hisoblab, harakatning 19
shaklini atroflicha ta'rifladi. Lekin u materiya harakati turlarini harakatning
mexanik shakli bilan ayniylashtirib qo'yadi.
Tomas Gobbs (1588-1679 yy.) Bekon materializmini bir tizimga solib,
uning ta'limotini rivojlantirgan mexanistik usulga asoslanuvchi faylasufdir.
Materiyani birlamchi, ongni esa ikkilamchi, deb hisoblagan Gobbs faqatgina bor
jismlar mavjud, qolganlari esa to'qib chiqarilgan tasavvurlardir, deb hisoblaydi. U
«Tafakkurni fikr qiluvchi materiyadan ajratish mumkin emas» degan g'oyat muhim
fikrni ilgari suradi.
Materiya abadiy, ayrim jismlar esa vaqtinchalik ko'rinishga ega, ular
vujudga keladi va yo'q bo'ladi. Gobbsning fikricha, olam mexanik harakat
qonunlariga bo'ysundirilgan jismlar majmuidir. Gobbs din insonlarga ta'sir
etishning alohida uslubidir, deb hisoblaydi. U matematik edi, shuning uchun ham
har qanday to'g'ri chiziq nuqtalardan iborat deb, materiyaning rang-barangligini
hisobga olmay, tabiatdagi barcha narsalarni geometriya fani nuqtai-nazaridan
tushuntirar edi.
Bilim to'g'risidagi ta'limotida Gobbs Dekartning «tug'ma g'oyalar»
nazariyasini tanqid ostiga olib, barcha bilimlarni sezgilardan keltirib chiqaradi.
«Kishi aqlida bironta tushuncha yo'qki, dastavval u sezgi a'zolarimizda qisman
yoki to'la vujudga kelgan bo'lmasin», deydi Gobbs.
Gobbs jamiyat hayotini tahlil qilishga urinib, davlatning kelib chiqishi va
uning mohiyatini tushuntirishga harakat qiladi. Uning fikricha, davlat paydo
bo'lishining asosiy sababi xususiy mulkchilikning kelib chiqishi oqibatida kishilar
o'rtasidagi kurashning keskinlashib ketishidadir. Jamiyat kishilar bir-birini o'ldirib
yubormasliklari, talamasliklari uchun ijtimoiy shartnoma asosida davlatni barpo
Do'stlaringiz bilan baham: |