Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

123
 
turadi. Uning bu ta'limoti Ptolomeyning geotsentrik sistemasi bilan aloqaning 
uzilishini bildirar edi. Bu nazariya, shuningdek, olamni Xudo yaratganligi haqidagi 
diniy afsonaga ham zarba berdi. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi materialistik 
dunyoqarash umumiy rivojining tabiiy ilmiy zamini bo'ldi. 
Nemis astronomi Iogann Kepler (1571-1630 yy.) geliotsentrizm 
nazariyasidan kelib chiqib, sayyoralar holatini kuzatish asosida sayyoralar 
harakatining uch qonunini kashf qiladi. Bu Kopernikning Quyosh sistemasi 
tuzilishi manzarasini aniqlashtirishga va butun olamning tortilish qonunini 
ochishga imkon beradi. Shu bilan bir qatorda Keplerning kashfiyotlari dunyoga 
diniy nuqtai nazardan qarashga putur yetkazadi. Lekin shuni ham esdan 
chiqarmaslik kerakki, Keplerning dunyoqarashi diniy idealistik tushunchalardan 
ham holi emasdi. 
Italyan olimi Jordano Bruno (1548-1600 yy.) ham “Uyg'onish davri”ning 
yirik vakillaridan bo'lib, sxolastik falsafaga va Rim katolik cherkoviga qarshi 
kurash olib bordi. Bruno Keplerning kashfiyotidan foydalanib, mazkur falsafiy 
qoidalarining fizik va astronomik mazmunini aniqlashtirdi. U tuproq, havo, suv, 
olov va efirdan iborat Yer bilan osmon olamning fizikaviy yakka jinsligini 
tasdiqlaydi, deb uqtiradi. 
Bruno ta'limoticha, moddiy olam birlamchi bo'lib, ong esa ikkilamchidir: 
moddiy olam mangu, u hech qanday xudo tomonidan yaratilgan emas: bordan yo'q, 
yo'qdan bor bo'lmaydi: u cheksizdir: moddiy olam cheksiz turlarda ifoda etiladi
lekin bu cheksiz narsa va hodisalar bir-biri bilan o'zaro aloqada, birlikdadir. 
Quyosh sistemasidan tashqari yana sanoqsiz dunyolar, quyoshlar, yerlar mavjud
dunyo — bepoyon, moddiy olam uning kichik bir qismidir, yer esa bepoyon 
olamning zarrachasidir. 
Brunoning ta'limoti, uning xatti-harakatlari cherkov tomonidan qattiq tanqid 
ostiga olinib, cherkov sudining hukmi bilan u 1600 yil 17 fevralda Rimdagi Gullar 
maydonida gulxanda yondirilgan. 
Italyan olimi Galileo Galiley (1564-1642 yy.) ham «Uyg'onish davri»ning, 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling