Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

130
 
Nemis faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716 yy.) Spinozaning 
fikriga qarshi chiqib, materiya substantsiya bo'la olmaydi, chunki materiya 
ko'lamlidir va shu sababli bo'linuvchidir, substantsiya esa muloqot vositasi 
bo'lmog'i lozim. Uning fikricha, dunyoning asosini monodalar — bo'linmas ruhiy 
substantsiyalar tashkil qiladi, butun koinot ana shulardan tarkib topgan.
Monodalar soni cheksizdir, ulardan har biri idrok va intilishga egadir, bu 
esa, Leybnitsning fikricha, substantsiyaning harakatchanligini, faol harakatini 
ta'minlaydi. Uning ta'limotining dialektikasi ana shundan iboratdir, bu idealistik 
dialektika edi. Chunki uning fikricha, monodalar bir-biri bilan jismoniy suratda 
o'zaro ta'sir ko'rsatishmaydi, lekin bu bilan birga ular yagona rivojlanuvchi va 
harakatlanuvchi olamni tashkil etadi va bu olam oliy monodaga (mutlaqqa, 
Xudoga) bog'liq bo'lgan oldindan belgilangan uyg'unlik bilan tartibga solinadi.
Bilish nazariyasida Leybnits Lokkning materialistik sensualizmiga qarshi 
chiqib, o'zining “Inson aqli to'g'risida yangi tajribalar”, degan asarida bilimning 
yakkayu-yagona manbasini hissiyot emas, faqat aql tashkil etadi, deb da'vo qiladi. 
Haqiqatga erishish uchun Leybnitsning fikricha, mantiq qoidalariga amal 
qilinsa bas. Uning ilmiy merosida mantiqqa oid asarlar katta o'rin tutadi. U 
matematika, geologiya, biologiya va boshqa fanlarning rivojiga katta hissa 
qo'shgan. 
Sub'ektiv idealizmning yirik vakili Jorj Berkli (1685-1753 yy.) Lokkning 
ikkilamchi sifatlar haqidagi ta'limotidan o'zining idealistik qarashlarini asoslashda 
foydalanadi. U o'zining «Kishi bilishining asoslari haqida risola» asarida sub'ektni 
birlamchi deb hisoblab, barcha narsalar ongining holatidan, sezgilar majmuidan 
iborat deb ta'lim beradi. Berkli materiyani, ob'ektiv reallikni butunlay tan olmas 
edi. U olamda “Men” va mening sezgilarimdan boshqa hech narsa yo'q, olamdagi 
narsalar mening sezgilarimdagina mavjud, agar men sezmasam, ularning 
mavjudligi haqida gap bo'lishi mumkin emas, deb hisoblaydi. 
Berkli solipsizmdan qochishga, urinib, ruhiy substantsiyalarning ko'pligi 
hamda “nihoyasiz ruhning”, xudoning mavjudligini e'tirof etadi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling