Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

138
 
manbaini qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi tashkil qiladi degan g'oyani 
ilgari suradi. Tabiatda hamma narsa bir-biri bilan chambarchas bog'langan, 
shuning uchun ham ularni bir-biridan ajratib qarash noto'g'ri. Fazo va vaqt bir-biri 
bilan bog'langan. Shellingning mazkur fikrlari nemis klassik falsafasining yirik 
namoyandasi Gegel tomonidan yanada rivojlantiriladi. 
Gegel (1770-1831 yy.) falsafasi XVIII asrning oxiri XIX asrning 
boshlaridagi nemis idealizimining cho'qqisi va nihoyasidir. Gegel to'g'risida so'z 
borganda uning falsafasidagi ikki tomonni — dilektik usul va metafizik 
konservatik tizimini farq qilmoq zarur. Agar dialektik usul o'zida «ratsional 
mag'zini» — taraqqiyot to'g'risidagi ta'limotida gavdalantirgan falsafa shakli bo'lsa, 
uning diplomatik idealistik sistemasi esa konservativ taraqqiyotning to'xtab 
qolishini talab etadi va shuning natijasida dilektik usulga tubdan ziddir. 
Gegel ob'ektiv idealizm nuqtai nazarida turib «olam aqli», «olam ruhi», 
«mutlaq g'oya» bilan ifodalangan har qanday ruhiy ibtido tabiat va jamiyatdagi 
barcha hodisalarning asosidir, real dunyodan tabiat va jamiyatdan ilgari ruhiy 
ibtido, «mutlaq g'oya», Xudo mavjud bo'lgan deb hisoblaydi. 
Gegel ta'limoti bo'yicha mutlaq g'oya o'z taraqqiyotida uch bosqichni: tezis, 
antitezis, sintezni bosib o'tadi: 1) g'oyaning o'z bag'rida, «sof tafakkur stixiyasida» 
rivojlanishi. Bunda g'oya bir-biriga bog'liq, bo'lgan va bir-biriga o'tib turadigan 
mantiqiy kategoriyalar tizimini o'z mazmunini ochib ko'rsatadi; 2) g'oyaning «o'zi 
shakl» ko'rinishida, ya'ni tabiat shaklida rivojlanishi; 3) g'oyaning tafakkurda va 
tarixida («ruhda») rivojlanishi. Bu bosqichda mutlaq g'oya yana o'z-o'ziga qaytadi 
va inson ongi faoliyatining turli ko'rinishlarida o'z mazmunini payqab oladi. 
Ammo Gegelning falsafiy sistemasida ijobiy tomonlari, ya'ni «ratsional 
mag'zi» ham mavjud. Bu uning dialektikasi va bilish nazariyasida o'z aksini 
topgan. Bu esa uning «Mantiqiy fani» asarida bayon etilgan. Bu asarida Gegel 
dialektikaning uch asosiy konun: 1.Qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi 
qonuni. 2.Miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga o'tish qonuni. 3.Inkorni-
inkor etish qonuni mohiyatini chuqur va atroflicha asoslab beradi. Shuningdek, 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling