Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti


Download 1.96 Mb.
bet1/8
Sana02.09.2020
Hajmi1.96 Mb.
#128286
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
O’QUV AMALIYOTI BOYICHA

HISOBOT

Topshirdi: ______guruh talabasi

____________________

Qabul qildi:_____________________

Mundarija:


  1. Kirish …………………………. ……………… ....3

  2. Asosiy qism

  1. Avtomobil va mashinalar bozori haqida……..4

  2. C++ Builder 6 muhiti haqida…………………..4

  3. Access muhitida baza yaratish ……………….35

  4. O’quv amaliyotining maqsad va vazifalari ….......... ..55

  5. Foydalanuvchi uchun qo’llanma ….............. .65

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar …………………….. …69

  3. Ilova

                              



ANOTATSIYA

Mazkur Hisobot Avtomobil bozori tizimini elektronlashtirish uchun ishlab chiqildi. Ushbu dasturning afzallik taraflari shundaki mijoz mashina haqida hamma ma’lumotlarni tezkorlik bilan qabul qiladi va o’z didi bo’yicha buyurtma beradi. Dastur kelajakda internetga joylashtirilsa mijozlar uylaridan turib buyurtma bera oladilar.

1. KIRISH
O'zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini dadil qo'yayotgan hozirgi davrda, axborotlashgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Respublikamizda jamiyatimizni axborotlashtirish maqsadida bir qancha qaror va qonunlar qabul qilindi. Masalan, 1993- yil 7- may va 2003- yil 11- dekabrdagi «Axborotlashtirish to'g'risida»gi qonun, 2002- yil 30- maydagi «Kompyuterlashtirish va informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni qo'llashni yanada rivojlantirish» haqidagi qaror, 2003- yil 11- dekabrdagi «Elektron raqamli imzo haqida»gi qonun va 2004- yil 29- apreldagi «Elektron hujjat yuritish» haqidagi qonun fikrimizning dalilidir. Informatika vositalari jamiyatimizning barcha jabhalariga tobora kirib borayotgani, axborotni tez va sifatli qayta ishlash malakasi o'sib kelayotgan har bir yoshning turmush talabiga aylanishini ko'rsatib bermoqda. Axborotning qimmatbaho tovarga aylanib borayotgani, informatika fanining nufuzi va ahamiyati o'sib borayotganidan dalolatdir.Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bugungi dunyoda, aniqrog‘i, insoniyat hayoti faoliyati davomida axborot texnologiyalari sohasi keng tarqalganligi bilan bir qatorda, tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatni axborot texnologiyalaridan jinoiy maqsadlarda foydalanishdan samarali himoya qilish muammosini keltirib chiqarmoqda.

Shu bois 2007 yil 27 sentabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi hamda 2007 yil 30 noyabrda Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida ma’qullandi va 2007 yil 26 dekabrda rasmiy e’lon qilinib, shu kundan e’tiboran kuchga kirdi.

Avvalambor, mazkur qonunning qabul qilinishi sabablari, maqsadi, ahamiyati va zaruriyligi haqida to‘xtalib o‘tsak. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va uni jamiyat hayotining barcha jabhalariga joriy etish masalasiga katta e’tibor berib kelinayapti. Natijada axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalardan kundalik hayotda va barcha sohalarda keng foydalanilmoqda.

XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan “axborot kommunikatsiyalari asri” dеya e'tirof etilmoqda. Bunday sharoitda bilim, axborotga egalik ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalar ustidan hukmronlik qilish imkonini bеradi. Kompyutеr madaniyatining kirib kеlishi tufayli insonning o‘z ustida ishlashi, malakasini oshirishga intilishiga asoslangan fikrlash, bilim olishning yangi ko‘rinishi yuzaga kеldi.Jamiyat hayotiga axborot tеxnologiyalarning kеng darajada kirib kеlishi fuqarolarga axborot olishga bo‘lgan imkoniyatlar eshigini ochib bеrdi. Mazkur o‘zgarishlar birinchi navbatda, yangi axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari ta'siri ostida yuz bеrib, inson faoliyatining har bir sohasida axborotga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. Bugungi kunda mutaxassislar axborot tеxnologiyasining asosiy bеlgisi sifatida ma'lumotni qayta ishlash jarayonining muayyan bosqichlarga bo‘linishini e'tirof etadilar. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu jarayonning batamom tartibga solinishi va uni avtomatlashtirilgan holga o‘tkazilishi uchun yangi imkoniyat yaratib bеrdi.Hozirda jurnalistikani axborot tеxnologiyalarsiz tassavvur qilish qiyin. OAV’ning qaysi turiga nazar tashlamang, axborotni istе'molchiga uzatish jarayonida, aynan axborot tеxnologiyalaridan kеng foydalanilayotganligining guvohi bo‘lamiz.Xаlq tа’limi vаzirligi tomonidаn umumtа’lim mаktаblаridа o`quv kompyuter sinflаrini tаshkil qilish Dаsturi аmаlgа oshirilmoqdа. hаmmаsi milliy telekommunikаtsiya tizimidа o`quv-tа’lim, ilmiy, yoshlаr hаmdа bolаlаr muаssаsаlаri vа tаshkilotlаri uchun mo`ljаllаngаn аxborot mаteriаllаrini birlаshtiruvchi yagonа аxborot-resurs mаydonchаgа egа bo`lgаn jаmoаt tа’lim аxborot tаrmog`ini shаkllаntirish zаrurаtini yuzаgа keltirmoqdа. аxborot-kommunikаtsiya texnologiyalаri vа tizimlаri, kompyuter vа telekommunikаtsiya texnikаsini ishlаb chiqish sohаsidа ilmiy-tаdqiqot ishlаrini vа yuqori mаlаkаli kаdrlаr tаyyorlаshnitаshkiletish;


        аxborot tizimlаrini, telekommunikаtsiya vа mа’lumotlаr uzаtish tаrmoqlаrini rivojlаntirish vа tаkomillаshtirish uchun xorijiy investitsiyalаr vа zаmonаviy texnologiyalаrni jаlb etish vа ulаrdаn sаmаrаli foydаlаnish.        O`zbekiston Respublikаsining "Аxborotlаshtirish to`g`risidа"gi Qonuni, O`zbekiston Respublikаsi Prezidentining "Kompyuterlаshtirishni yanаdа rivojlаntirish vааxborot-kommunikаtsiya texnologiyalаrini joriy etish to`g`risidа" 2002 yil 30 mаydаgi PF-3080-sonli Fаrmonigа muvofiq O`zbekiston vаzirliklаri vа idorаlаri, jаmoаt birlаshmаlаri tomonidаn tа’lim vа yoshlаrni mа’nаviy-аxloqiy tаrbiyalаsh sohаsidааxborot-kommunikаtsiya texnologiyalаri hаmdа xizmаtlаrini rivojlаntirish borаsidааniq mаqsаdgа yo`nаltirilgаn ishlаr olib borilmoqdа Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jarayon bo‘lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi.

Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va milliy xavfsizligini ta'min etadi. Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e'tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy "qurol"ga aylanadi. Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e'tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy "qurol"ga aylanadi.


Fanni o’zlashtirishda masofadan o’qitish, darslik, o’quv qo’llanmalari va mahruzalar matnlarining elektron versiyalaridan, mahlumotlar elektron bazasidan, kompg’yuterdan, elektron plakatlar va virtual laboratoriya ishlaridan foydalaniladi.

ASOSIY QISM
2.3. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish.

Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish — korxonalar, idoralar, hududiy birlashmalar, shahar xoʻjaligi, tarmoq va tashkilotlar faoliyatini boshqarish masalalarini hal qilishda matematik usullar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllash.

Har xil axborot jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyati B.i.a. tizimini yaratishda asosiy ilmiytexnik asos hisoblanadi. Ishlab chiqilgan texnik vositalar evaziga boshqarishdagi axborot jarayonlari texnologiyasini butunlay oʻzgartirish mumkin. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatidagi holatni aks ettiruvchi maʼlumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlash, maʼlumotlarni qayd qilishni sodda holatga keltirish, zarur xabarlarni izlash va guruhlash, ularning tezligini oshirish, axborot saqlashni mukammallash, hisobotlar tayyorlashda kishi mehnatini kamaytirish, xoʻjalik boʻgʻinlari orasidagi oʻzaro bogʻlanish va axborot oqimi sifatini koʻtarish, ikkinchi darajali maʼlumotlardan xoli boʻlib, boʻgʻinlararo axborot oqimini tartibga solish, boshqarish uchun olingan maʼlumotlarni saralab, murakkab tahlil ishlarini bajarish, bashoratlash, maqbullash, rejalashtirish va tashkillash masalalarini hal qilish. Bundam tizimlarni barpo etishdan asosiy maqsad ularning texnik asosi hisoblangan EHMni yaratish, axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga qodir tizim maʼlumotlarini har tomonlama ishlab chiqish.



Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish asosida eng mukammal matematik modellar qurish hamda maqbul rejalashtirish, loyihalash va boshqarish masalalarini yechish usullaridan foydalanishga imkon tugʻiladi. Axborot jarayonlarini qulda yoki mexanik ravishda bajarishga asoslangan anʼanaviy boshqarish tizimlaridan B.i.a.ning farqi shuki, bu tizimni yaratish va foydalanishni tashkil etishning asosiy yoʻlyoʻriqlari maxsus qoidalar koʻrinishida ifodalangan boʻladi. Boshqaruvning ayrim bosqichlaridagi jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash masalani yechishga doir maʼlumotlarni tayyorlashga ketadigan mehnatni kamaytirmaydi. Bu holatda axborotni kiritish va chiqarish, namunalar hamda dastur apparatini tayyorlashda parallellikning buzilishi dastur va axborotni qayta ishlovchi texnik vositalarni ishlatishda qiyinchilik tugʻdiradi. Bu qiyinchiliklar tezkor va haqiqiy maʼlumotlar asosida kelajakni uzoq muddatga bashoratlash masalasini hal qilishda, rejali topshiriqlarni tezkorlik bilan bajarishda, boshqarishda foydalaniladigan maʼlumotlarni takdim etishdagi kechikishlarga sabab boʻladi. B.i.a. shu jihatdan ham samaraliki, unda birinchidan hisobga olish va boshqarish masalalari yagona majmua ichida hal boʻladi, ikkinchidan, axborotning harakat yoʻli, yaʼni birlamchi axborotdan tortib to bir tizimga solingan boshqaruv maʼlumotlarigacha butunlay qamraladi. B.i.a. tizimining yagona matematik modeli, yaʼni har xil darajadagi oʻzaro bogʻlangan matematik modellar majmui boʻladi. Bu modellar majmui asosida tizimda avtomatik ravishda maqbullash (optimallash) va rejalashtirish masalasi qoʻyiladi va yechiladi. Bu tizimning unumdorligiga hamma amallarning avtomatik ravishda bajarilishi evaziga erishiladi. B.i.a. boshqaruvning tashkiliyiqtisodiy tizimi turiga kiradi. B.i.a. murakkab tizim boʻlib, oʻz tarkibida tub tizimlarni mujassamlashtiradi. Bu tizim maʼlum belgilarga asoslanib ajratilgan va boshqarishning aniq maksad hamda masalalariga javob beradigan tizimning bir qismidir. Shu masalalar doirasida uni alohida tizim deb qarash mumkin. Boshqaruv tizimining matematik taʼminoti yoki dasturlar toʻplami odatda ikki guruhga: tashqi va ichki guruhlarga boʻlinadi. Birinchi guruh dasturlar toʻplami tizimining yuqorida sanab oʻtilgan ayrim vazifalarini, yaʼni parametrlarning yoʻl qoʻyilgan oraliqdan chetlashish hollarini hisobga olish, i.ch. rejalarini tezkorlik bilan tekislash kabi bir qator vazifalarni bajarishga imkon yaratadi. Ichki matematik taʼminot guruhidagi dasturlar esa boshqarish tizimidagi hisoblash majmuining ishlashini taʼminlaydi. EHMlar uchun tuzilgan dasturlar oddiy amallarni bajaruvchi buyruqlar zanjiridan tashkil topadi. Buyruklar zanjiri ixtiyoriy boʻlmasdan, balki masalani yechishning biror matematik usulini amalga oshirishga moʻljallanadi. Bu usul koʻp hollarda oldindan formulalar yoki ifodalar orqali berilgan boʻladi. Agar matematik formulalar va mantiqiy shartlar asosida qoʻyilgan masalani yechish yuzasidan yuqorida keltirilgan shartlar bajarilsa, u holda bu ketmaketlik qoʻyilgan masalani yechish algoritmi deyiladi. Bunday algoritm jarayonni boshqaruvchi operatorga shu jarayon har xil sharoitlarda qanday qilib maqbul boshqarilishi mumkinligini koʻrsatib beradi.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish muammolarini hal etishning uchta asosiy varianti mavjud:

Birinchi yo‘l — tizimni o‘z sa'y-harakatlari bilan ishlab chiqish. Aksariyat tashkilotlar shu yo‘lni tutishgan. Hisob-kitoblarni avtomatlashtirish uchun ko‘pincha ofis dasturlari vositalari bilan yozilgan tamoyillar qo‘llaniladi. Biroq, biznes murakkablashgan taqdirda, bunday vositalar kishini qanoatlantirmay qo‘yadi, chunki murakkab tarkibli ma'lumotlarni boshqarishni nazarda tutmaydi. To‘laqonli tizimni yaratish nafaqat katta miqdordagi mablag‘lar va vaqtni sarflashni talab qiladi, shuningdek, loyihaning rivojlanishini markazlashgan tarzda oqilona strategik boshqarish ham zarur. Buni esa faqat yirik tashkilot uddalay oladi. Rivojlanayotgan firmalar uchun unga uzoq vaqt mobaynida xizmat ko‘rsata oladigan tizimni o‘z kuchi bilan ishlab chiqish oson emas.

Ikkinchi yo‘l — universal tizimni yoki amaliy dasturlar paketini xarid qilish. Bunday xildagi tizimlarni tanlash, asosan, buxgalteriya dasturlari bilan cheklanadi, chunki buxgalteriya hisobi qat'iy va konservativ metodologiyaga ega. Qonun hujjatlari, hisobot hujjatlari shakllarining tez-tez o‘zgarib turishiga qaramay tamoyillar va ma'lumotlar tarkibi dearli o‘zgarmasdan qolmoqda.

Uchinchi yo‘l — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish funksiyalari va vakolatlarini tashqi tashkilotlarga o‘tkazishdan iborat. Agar ijro etuvchi firma to‘g‘ri tanlansa, katta ustunliklarga erishiladi: asosiy qismi boshqa firmalarda muvaffaqiyatli joriy etilgan qarorlarni qo‘llash hisobidan mablag‘larni tejash; ijro mahorati; servisli qo‘llab-quvvatlash; biznesning murakkablashuviga mos ravishda tizimni rivojlantirish imkoniyati.

Shu munosabat bilan amaliy faoliyatda axborotlarga ishlov berishning zamonaviy, istiqbolli usullari va vositalaridan foydalanish muammolarini hal etish masalasi dolzarbdir. AKT ta'siri ostida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida tub o‘zgarishlar yuz bermoqda.

Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal etilish uchun mo'ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar (masalan: kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta'minoti va zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi. Ko'pincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat ko'rsatadi va mustaqil hisoblanadi, ya'ni o'zining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta'minotiga ega bo'ladi.

Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma'lumotlar bazasi tamoyili bo'yicha qurilgan bo'lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. Texnik vositalar yordamida faqat axborot operatsiyalarini avtomatlashtirishga erishiladi. Bevosita qarorlar qabul qilish funksiyalarini va boshqa boshqaruv operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi.



Accesda berilganlar bazasini tashkil etish

Berilganlar bazasini boshqarish tizimi Microsoft Aссess- Berilganlar bazasini boshqarish tizimi Accessning barcha vazifalari va imkoniyatlarini o`rganib uni ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz, hamda olib boriladigan amaliy mashg`ulotlarni shu berilganlar bazasini boshqarish tizimida tashkil etish tavsiya qilinadi. Buning uchun avvalo Microsoft Access bajaradigan vazifalari, uning darchasi va ish yurituvchi asosiy ob`ektlari bilan yaqindan tanishishga o`tamiz.



Microsoft Access ish darchasi- Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access piktogrammasi ustida sichqoncha chap tugmasini 2 marta bossak, ekranda Access darchasi paydo bo`ladi .

Darchaning birinchi satrida berilganlar bazasini boshqarish nomi Microsoft Access deb ifodalangan, 2-chi satrda esa tavsiyanoma punktlari qo`yidagi tasvirdagi kabi bo`ladi:





Fayl Pravka Vid Vistavka Format Zapisi Servis Okno

Uchinchi satrida Standart paneli piktogrammalari joylashgan. Darchaning keng qismi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda yuqoridagi muloqat darchasi

hosil bo`ladi, bu darcha yordamida biz yangi berilganlar bazasini tashkil qilishimiz yoki mavjud berilganlar bazasini ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.

Access 9x darchasi 6 ta ob`ektdan iborat bo`lib, asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Tablisa (jadval), Zapros (so`rov), Forma (forma), Otchet (hisobot), Makpos (makro buyruq) va Modul.

Jadval- berilganlar bazasining ma`lumotlar saqlaydigan asosiy ob`ekti;

So`rov-berilganlar bazasidagi ma`lumotlarni tartiblash, biror kerakli ma`lumotni qidirib topish kabi vazifalarni bajaradi.

Forma- berilganlar bazasiga ma`lumotlar kiritadi, yoki joriy berilganlar bazasidagi ma`lumotlar ustida foydalanuvchi uchun qulay bo`lgan turli-tuman shakldagi formalar yaratadi. Demak, forma-ekran ob`ekti bo`lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma`lumotlar kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma`lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.

Hisobot –Berilganlar bazasi tarkibidagi ma`lumotlardan keraklisini printerga chiqaruvchi qog`ozdagi asosiy hujjat.

Modul -Visual Basic dasturlash muxitida yozilgan dastur bo`lib, nostandart operasiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi.

Makrobuyruq – bir qator buyruqlar majmui asosida hosil bo`lgan makrobuyruq bo`lib, foydalanuvchi tomonidan jadval tuzishda juda qiyin hal qilinadigan jarayonlarni yechadi.

Sanab o`tilgan ob`ektlar ustida ishlash uchun darchaning o`ng tomonida Открыть, Конструктор va Создать degan tugmachalar joylashgan, demak, bu tugmalar Access ning ishlash tartibini ifodalaydi.



Открыть tugmasi bosilsa, joriy ob`ekt ko`z oldimizda namoyon bo`ladi, agar bu ob`ekt jadval bo`lsa, uni ko`rib yangi ma`lumotlar kiritish yoki avvalgisini

o`zgartirish imkoniyati hosil bo`ladi.



Конструктор tugmasi bosilsa, u holda ob`ektning tuzilmasi namoyon bo`ladi. Agar ob`ekt jadval bo`lsa, unga yangi maydon kiritish yoki olib tashlash mumkin, bordiyu forma bo`lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi, ammo bu hol foydalanuvchilar uchun emas, balki berilganlar bazasini tashkil etuvchilarga ko`proq foydali.

Создать tugmasi bosilsa, u holda yangi ob`ektlar tuzish, uni boshqarish lozim bo`ladi.

Xullas, ana shu sanab o`tilgan tartiblar asosida ob`ektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi.

mexanik usul bilan

avtomatlashtirilgan holatda

jadval ustasi yordamida

Har bir ob`ekt ustida qisqacha ma`lumot qo`yidagilardan iborat.



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling