3. YUQORI CHASTOTALI VA O‘TA YUQORI CHASTOTALI TEBRANISHLARNI UMUMIY GENERATSIYALASH PRINSIPLARI
3.1. Yuqori chastota va o‘ta yuqori chastota generatorlarning vazifasi va tuzilish sxemalari
Generatorlarning asosiy vazifasi o‘zgarmas tok manbai energiyasini YuCh va O‘YuCh tebranishlarga o‘zgartirishidan iborat. Eng oddiy generatorning tuzilish sxemasi 3.1- rasmda keltirilgan.
3.1- rasm. Eng oddiy generatorning tuzilish sxemasi
Sxema kuchaytiruvchi element (KE, tranzistor), uning yuklamasi tebranish konturi, teskari aloqa zanjiri (TAZ) va kuchlanish manbaidan iborat. Konturdagi kuchlanishning qismi TAZ orqali KEning kirishiga beriladi. Bu kuchlanish kuchaytiriladi va yana tebranish tizimiga beriladi. Bu kuchlanish kuchaytirilganidan keyin konturdagi yo‘qotishlarni kompensatsiyalash uchun yetarli bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, TAZ KEning kirishiga beriladigan tebranishlar fazasining shunday surilishini ta’minlashi kerakki, bunda kontur o‘z vaqtida, ya’ni unda tebranish bo‘lmaydigan taktda energiyani olishi kerak.
Ko‘rsatilgan shartlar bir vaqtda bajarilganida qurilma so‘nmaydigan tebranishlarni hosil qiladi (generatsiyalaydi), ya’ni avtogenerator sifatida ishlaydi.
3.2. Yuqori va o‘ta yuqori chastota generatorlarning tasniflanishi
Generatorlar quyidagi ikki asosiy turlarga bo‘linadi (3.2- rasm):
1) avtogeneratorlar;
2) tashqi qo’zg‘atishli generatorlar
3.2- rasm. Generatorlarning turlari
YuCh va O‘YuCh generatorlarni quyidagi tarzda tasniflash mumkin:
- rezonans tizimlarning turi bo‘yicha;
- kechiktiruvchi tizimlarning turi bo‘yicha;
- O‘YuCh uzatkichlarida chastota va fazani stabillash bo‘yicha:
yuqori asllikli rezonatorlar yordamida chastotani stabillash;
O‘YuCh diapazonda chastota va fazani avtomatik qayta sozlash;
sinxronlashtirish yo‘li bilan chastotani stabillash;
- ishlatiladigan kuchaytirish elementining turi bo‘yicha:
triodlar va tetrodlardagi generatorlar;
klistronlardagi generatorlar;
magnetronlardagi generatorlar, ular o‘z navbatida, stabillangan magnetronlar va chastota qayta sozlanadigan magnetronlarga bo‘linadi;
M-turdagi va O-turdagi yugurma to‘lqin lampalaridagi generatorlar;
yarim o‘tkazgichli asboblardagi generatorlar, O‘YuCh tranzistorli generatorlar, Gann diodlaridagi generatorlar, ko‘chkisimon diodlardagi generatorlar.
- quvvat bo‘yicha:
past quvvatli;
o‘rta quvvatli;
katta quvvatli.
- ekspluatatsion talablar bo‘yicha:
harorat bo‘yicha diapazonni kengaytirish
tirashga, zarbga barqarorlikni oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |