Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Download 1.75 Mb.
bet15/81
Sana20.10.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1712072
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

3.7. Magnetron yoki M-turli asboblar

Magnetron bu o‘zgarmas magnit maydon o‘zgarmas elektr maydonga perpendikulyar bo‘ladigan bo‘shliqda elektronlar oqimini O‘YuCh maydonning elektr tashkil etuvchisi bilan o‘zaro ta’sirlashishida mikroto‘lqinlarni generatsiyalaydigan quvvatli elektron asbob hisoblanadi.
Magnetronlar ham qayta sozlanmaydigan, ham uncha katta bo‘lmagan chastotalar diapazonida (odatda 10% dan kichik) qayta sozlanadigan bo‘lishi mumkin. Chastotani sekin qayta sozlash uchun qo‘l orqali harakatga keltiriladigan mexnizmlar, tez qayta sozlash (sekundiga bir necha minglab qayta sozlashlar) uchun esa rotatsion va vibratsion mexanizmlar ishlatiladi.
Magnetronlar o‘ta yuqori chastota generatorlari kabi zamonaviy radiolokatsion texnikada (ularni aktiv fazalashtirilgan antenna panjaralari surib chiqarayotgan bo‘lsada) keng ishlatiladi.
Rezonans magnetron devorlarida hajm rezonatorlari rolini bajaradigan o‘yilgan ariqchalarli yo‘g‘on devorli metal silindr bo‘lgan anod blokidan tashkil topgan. Rezonatorlar halqali tebranish tizimini hosil qiladi. Anod blokiga silindrik katod mahkamlanadi. Katodning ichiga qizdirgich joylashtiriladi. Asbobning o‘qiga parallel magnit maydoni tashqi magnitlar yoki elektromagnit orqali hosil qilinadi (3.7- rasm).



3.7- rasm. Magnetronning konstruksiyasi


O‘YuCh energiyani chiqarish uchun rezonatorlardan biriga mahkamlangan simli halqa yoki silindrdan tashqariga rezonatorning tirqishi ishlatiladi.


Magnetronning rezonatorlari halqali tebranish tizimini hosil qiladi, ular atrofida elektronlar oqimi va elektromagnit to‘lqinning o‘zaro ta’sirlashishi bo‘lib o‘tadi. Bu tizim halqali konstruksiyasi tufayli berk ekan, u holda uni faqat tebranishlarning ma’lum turida qo‘zg‘atish mumkin bo‘ladi, ularda π-tur muhim ahamiyatga ega. Tizimning bir necha rezonans chastotalari orasida (N rezonatorlarda tizimda 1 dan N/2 gacha diapazondagi turg‘un to‘lqinlarninng istalgan soni bo‘lishi mumkin) ko‘pincha tebranishlarning π-turi ishlatiladi, bunda yonma-yon rezonatorlardagi fazalar π ga farqlanadi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling